Maqola

1 047 05/10/2025

Toshkentda mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida Rossiyada migratsiya testlarini isloh qilish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekistonlik vakillar hozirgi imtihonlar mehnat muhojirlari uchun juda og‘ir ekanidan shikoyat qildi. Xususan, bu ko‘pincha ish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan Rossiya tarixi va huquqiga oid savollarga tegishli.

Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeyevning ta’kidlashicha, imtihonlar Konstitutsiyaning asosiy bilimlari va eng asosiy huquqiy normalar darajasida bo‘lishi kerak:. «Borodinoda kim qo‘mondonlik qilgan yoki harbiy rahbarlar kim bo‘lgan, degan savollarning keragi yo‘q. Bu yagona davlat imtihoni emas», – degan Fadeyev. O‘zbekiston vakillari 1812-yilgi Vatan urushi yoki Qrimning anneksiya qilinishi kabi voqealar haqidagi savollar muhojirlar uchun amaliy ahamiyatga ega emas, degan fikrda.

Chet elliklar duch kelgan qiyinchiliklarni statistika tasdiqlaydi. Iyun oyida migrantlarning taxminan 30% birinchi urinishda sinovdan o‘ta olmasligi; ularning taxminan 50% ikkinchi urinishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniq bo‘lgan edi.

Biroq asosiy muammo tarix yoki huquq emas, rus tili bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, ekspertlarning ta’kidlashicha, qishloq joylardan kelgan ko‘p sonli muhojirlarning tayyorgarligi past va har doim ham Rossiya jamiyatiga qo‘shila olmaydi.

Testlarni isloh qilish migratsiya oqimining kuchayishi fonida muhokama qilinmoqda. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, har yili mamlakatga Markaziy Osiyo davlatlaridan yuz minglab mehnat muhojirlari keladi va aynan ular bu imtihonlarni eng ko‘p topshiradi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya