Maqola

1 590 06/10/2025

Moskvada yirik firibgarlik fosh etildi: o‘zbekistonlik 27 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zini “Shoyguning qarindoshlari” deb ko‘rsatish orqali yuzlab moskvaliklarni aldagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sheryaxon Osmanova ismli ayol familiyasini o‘zgartirib, Sherya Shoygu bo‘lib olgan. Eri uning qalloblik ishlarida faol yordam bergan. Er-xotin odamlarga Rossiyaning yuqori martabali amaldori bilan qarindosh ekanliklari va go‘yoki “oilaviy sarmoya birja”ni yuritishlarini iddao qilishgan.

Shu yolg‘onlar bilan firibgarlar odamlarni katta miqdorda – 1,5 million va undan yuqori sarmoya kiritishga ko‘ndirishgan. Mo‘may foyda olishni ko‘zlagan yuzlab moskvalik fuqarolar firibgarlik qopqoniga tushib qoldi.

Sarmoyadorlar pullarini qaytarishni talab qila boshlaganlarida, er-xotin g‘oyib bo‘lgan va «birja» soxta ekanligi aniq bo‘ldi.

Advokat Said Yarahmedovning aytishicha, yetkazilgan zarar 100 million rubldan oshadi, biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu miqdor 200 million rublga yetishi mumkin.

Hozir politsiya jinoyatning barcha holatlarini aniqlab, surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya