Maqola

715 05/09/2026

Sankt-Peterburgga chet ellik ishchilar oqimi sezilarli darajada kamaydi. Qurilishda ishlash, haydovchilik qilish yoki buyurtmalarni yetkazib berish uchun shaharga kelayotganlar soni ancha ozaygan. Bu haqda Peterburg va Leningrad viloyati boʻyicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, «Vedomosti» xabar bermoqda.

2026 yilning dastlabki olti oyida shaharda ishlash maqsadida 172 ming 862 nafar chet el fuqarosi migratsiya roʻyxatiga olingan. Oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda, ishlash uchun kelgan chet elliklar oqimi 12,6 foizga kamaygan.

Keluvchilar sonining kamayishi mehnat migratsiyasi uchun asosiy davlatlarning barchasida kuzatilgan.

Eng katta pasayish Qirgʻiziston fuqarolari orasida qayd etilgan — ularning oqimi 16,1 foizga kamayib, 2026 yilning birinchi yarmida 12 ming 468 nafarni tashkil etgan.

Tojikistondan kelganlar soni 12,2 foizga kamaygan. Bu davrda ushbu davlatdan 36 ming 177 nafar fuqaro Sankt-Peterburgga kelgan.

Oʻzbekistondan kelgan mehnat muhojirlari oqimi ham 11,7 foizga qisqargan. Shaharga yilning dastlabki olti oyida 108 ming 999 nafar oʻzbekistonlik kelgan.

2026 yil yanvar–iyun oylarida Sankt-Peterburgda 88 098 ta patent rasmiylashtirilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga kam.

Shu bilan birga, rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar soni ham qisqargan. Bu koʻrsatkich 14,8 foizga kamayib, hisobot davrida jami 26 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan.

Belarus, Qozogʻiston, Xitoy va Hindistondan Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelayotganlar soni ham biroz kamaygan.

Bundan tashqari, Sankt-Peterburgda chet el fuqarolarining taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashiga qoʻyilgan cheklovlarni uzaytirish rejalashtirilmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya