546 12/09/2026

2022-yilda bir nojöya bosilgan qadam tufayli özgarib ketdi. Tanişining oson pul topiş vaʼdasiga uçgan yigitça giyohvand moddalar savdosiga aralaşib qoldi.

Qiziği uni politsiya qöliga tuşirib bergan ham hamyurti – Uluğbek ismli şaxs. Öşaning taklifi bilan örmonda qoldirilgan narkotik moddani oliş uçun borgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan uşlandi. Keyinçalik Penza şahri sudi uni Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan ayblab, 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilgan. U jazoni qattiq tartibli koloniyada ötagan.

Biroq sud va undan keyingi qamoqxonadagi hayot uni batamom sindirdi. Jazoni ötayotgan koloniyada Rossiya Qurolli kuçlari safiga qöşiliş taklifini olgan F. dastlab rad etdi. Biroq keyinçalik F.A. bosim va vaʼdalar taʼsirida şartnoma imzolagani aytgan.

F.A.ning sudda bergan körsatmalariga köra, 2025-yil iyun oyida u jazo ötayotgan koloniyaga Rossiya harbiylari kelgan. Ular mahkumlarga Rossiya Qurolli kuçlari tarkibida Ukrainaga qarşi janglarda qatnaşiş evaziga katta miqdorda pul, Rossiya fuqaroligi va oylik maoş vaʼda qilgan.

F.A. dastlab bu taklifga rozi bölmagan. U Ukrainada uruş ketayotganini bilgani va janglarda qatnaşişni istamaganini aytgan.

Ammo uning körsatmasida aytilişiça, uruşga borişdan boş tortgan özbek, tojik va qirğiz millatiga mansub mahkumlarga qamoqxona xodimlari tomonidan bosim ötkazilgan. Ularni kartserga joylaştiriş, qamoqda qoldiriş va heç kim himoya qilmasligi haqida gaplar aytilgan. F.A.ning taʼkidlaşiça, aynan şu bosim va oğir şaroitlardan keyin u Rossiya harbiylari bilan şartnoma imzolaşga rozi bölgan.

Şartnomaga köra, unga bir martalik 1,9 million rubl tölov va har oy 210 ming rubl maoş vaʼda qilingan. Keyin unga Rossiya fuqaroligi ham berilgan.

2025-yil iyul oyining oxirlarida F.A. va boşqa mahkumlar harbiylar tomonidan nomaʼlum aeroportga olib borilgan. Keyin ular samolyotda Azov dengizi yaqinidagi hududga yetkazilgan. U yerda unga harbiy forma, Kalaşnikov avtomati va bank kartasi berilgan. Sud hujjatlarida F.A.ning kartasiga Ukrainadagi uruşda qatnaşgani uçun 400 ming rubl tuşirilgani ham qayd etilgan.
Şundan söng u Kaliningraddagi 336-sonli harbiy qismga yuborilib, granatomyotçi sifatida tayyorgarlikdan ötgan. Keyin Rossiyaning Malinovka deb körsatilgan hududiga janglarda iştirok etiş uçun jönatilgan.

2025-yil 2-sentyabrda F.A. jangovar topşiriqni bajariş uçun avtomaşinada harakatlanayotganida maşinaga dron urilib portlagan. Portlaş oqibatida u qornining çap tomoni va öng son qismidan yaralangan. Rostovdagi gospitalda oskolka jarrohlik yöli bilan olib taşlangan, son qismidagi oskolka esa qolgan. Sud hujjatlarida ekspertiza uning jarohatlari öqotar qurol yoki portlovçi qurol parçalari taʼsirida yuzaga kelgan bölişi mumkinligini körsatgan.

Jarohatidan keyin muhojir yana harbiy qismga qaytarilgan. Uning suddagi körsatmalariga köra, soğliği janglarga yaroqsiz bölgani uçun bir muddat frontga yuborilmagan.
2026-yil 7-fevralda esa unga yaqin kunlarda yana jangga olib ketilişi mumkinligi aytilganda yigit tezda ketiş kerakligini anglagan. Bir amallab Moskvaga yetib kelib, Özbekiston elçixonasiga murojaat qilgan.

Elçixona unga Özbekistonga qaytiş uçun guvohnoma berganidan söng 17-fevral kuni F.A. Moskvadan Toşkentga uçib, Özbekistonga qaytib kelgan.

2026-yil 12-avgust kuni Pop tuman sudi F.A.ni Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan.

Sud uning aybiga töliq iqror bölgani, qilmişidan puşaymonligi, oilaviy şaroiti, jinoyatni sodir etiş sabablari va bunga olib kelgan şart-şaroitlarni jazoni yengillaştiruvçi holatlar sifatida baholagan. Natijada unga 2 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya