
Svobodnenskiy politsiya bölimiga 1987-yilda tuğilgan çet ellik fuqaro murojaat qildi. Uning sözlariga köra, kimdir uning nomiga 250 ming rubl miqdorida 12 ta mikroqarz rasmiylaştirgan ekan.
Politsiyaçilar bu işni jabrlanuvçining Markaziy Osiyodan kelgan 24 yoşli tanişi qilganini aniqlaşdi. Avvalroq bu yigit qarz söragan, lekin tanişida pul bölmagan. Şunda tanişi unga 10 ming rubl miqdorida mikroqarz olişga yordam berişni taklif qilgan va jabrlanuvçining telefoni orqali ilovaga özi kirgan. Pulni olgandan söng, jinoyatçi şaxsiy kabinetdan çiqib ketmagan va keyinçalik dösti nomiga mustaqil ravişda yana 11 ta kredit rasmiylaştirgan. Yigit aybiga iqror böldi va qilgan işidan puşaymonligini bildirdi.
Hozirda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 158-moddasi 3-qismining «g» bandiga muvofiq «Öğrilik» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Rossiya Içki işlar vazirligining Amur viloyati böyiça boşqarmasi xabariga köra, ayni paytda gumonlanuvçi hibsda saqlanmoqda.