
Samarqand viloyati Toyloq tumani sudi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari tarkibida Rossiya–Ukraina uruşida iştirok etgan Özbekiston fuqarosiga nisbatan hukm çiqardi.
Sud hujjatiga köra, 37 yoşli Tohirjon boşqa davlat armiyasida yollanma askarlik böyiça jinoyatlarni sodir etgan deb topildi.
Qimmatga tuşgan «işq»…
Tohirjon 2007-yildan Rossiyaga borib işlab kelgan. U Moskva va Sankt-Peterburgda xususiy firmalarda sotuvçi, yuk taşuvçi va boşqa işlarda işlagan.
2022-yil yanvar oyida u yana Rossiyaga — bu safar Sankt-Peterburgga işlaş va qöşimça daromad topiş maqsadida borgan. U yerda ustaçilik işlari bilan şuğullangan.
Biroq 2023-yilda uning hayoti keskin özgardi. Ma’lum bölişiça, u yerda rus ayoli bilan tanişib qolgan. Örtada işqiy munosabatlar bölgan. Kutilmaganda rus ayol uning ustidan politsiyaga arz qiladi.
U aybsizligini isbotlaş uçun öz oyoği bilan politsiya mahkamasiga borgan. Biroq Sankt-Peterburg sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2025-yil yanvar oyida jazoni ötaş uçun Tomskdagi muassasasiga yuborilgan.
Qamoqdagi yolğon…
Sudda Tohirjonning bildirişiça, uning Rossiya armiyasiga qöşilişiga asosiy sabab — jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaş imkoniyati haqidagi va’da bölgan.
Uning sözlariga köra, 2025-yil dekabr oyida jazoni ijro etiş muassasasida mahbuslarga Özbekistondan xat kelgani va jazoning qolgan qismini öz mamlakatida ötaş mumkinligi haqida gap-sözlar tarqalgan.
Şu vaqtda ayrim mahbuslarga turli hujjatlar imzolatilgan.
Ayblanuvçining körsatuviga köra, mahbuslardan biriga ozodlikka çiqişiga bir hafta qolganda Özbekistonga jönatilişi aytilgan va unga bir neçta hujjat imzolatilgan.
Keyinçalik bu hujjatlar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy xizmat şartnomasi ekani ma’lum bölgan.
Endi ozodlikka çiqay degan Tohirjon uruş girdobiga — Donetskka olib ketilgan.
Uruş, jarohat va qoçişga uriniş…
Şundan keyin Tohirjon va Markaziy Osiyodan bölgan boşqa mahbuslar Rossiyaning turli hududlari orqali Donetsk viloyatidagi harbiy poligonga olib borilgan.
U yerda taxminan ikki hafta davomida quroldan foydalaniş, öq otiş, granata uloqtiriş, birinçi yordam körsatiş va boşqa harbiy tayyorgarlikdan ötgan.
2025-yil 28-dekabrda ular Donetsk viloyatidagi bir şaharçaga olib borilgan…
U jangga kirişda qörqqan, vatanga qaytişga uringan. Qoçişga uringan harbiy xizmatçilar otib öldirilganini körgan bölsa ham, qoçiş rejasidan qaytmagan.
2026-yil 9-yanvarda u orqaga qaytayotganda mina portlaşi oqibatida ikki oyoği va öng qölidan oğir jarohat olgan.
Keyin bir neçta harbiy gospitalda davolangan. Keyinçalik Özbekistonning Moskvadagi elçixonasiga murojaat qilgan va Rossiyadan çiqib ketiş yöllarini izlagan.
Özbekistonga qaytiş
2026-yil may oyida uni yana Donetsk viloyatiga jönatmoqçi bölişgan. Şundan söng Tohirjon Moskvaga ketib, Qozoğiston orqali Özbekistonga qaytişga harakat qilgan va 8-may kuni Özbekistonga kirib kelgan.
Vataniga qaytgan yigit 11-may kuni esa öz ixtiyori bilan Toyloq tuman IIBga borib, boşidan ötkazgan voqealar haqida ma’lumot bergan…
Hukm…
Samarqand viloyati Toyloq tumani sudi yigitning aybini tan olgani, qilmişidan puşaymonligi, oilaviy şaroiti va yaşaş joyidan ijobiy tavsiflanganini inobatga olgan.
2026-yil 21-avgustdagi hukm bilan unga 4 yil ozodlikni çeklaş va 2 yil axloq tuzatiş işlari tayinlangan. Jazolar qisman qöşilib, yakuniy jazo 4 yil 4 oy ozodlikni çeklaş etib belgilangan.
Cud materialari asosida tayyorlandi.