Maqola

42 13/10/2026

Taksi buyurtmalari yöqolsa, kurer ilovasi oçilmasa, işçi öz buyurtmasini ololmasa, bu şunçaki texnik nosozlik emas. Kimdir uçun bu bir neça soatlik daromaddan ayriliş, degani.

2026-yil-8–11-oktyabr kunlari Rossiyaning Ryazan, Kaluga va Vladimir viloyatlaridagi «Yandex» ma’lumotlar markazlari uçuvçisiz qurilmalar hujumlaridan keyin şikastlandi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, Ryazan viloyatining Sasovo şahridagi markaz faoliyati töliq töxtatildi, Kalugadagi obyekt infratuzilmasining bir qismi işdan çiqdi. 11-oktyabr kuni esa Vladimir viloyatidagi markaz ham töliq töxtatildi. Kompaniya xodimlar orasida jabrlanganlar bölmaganini bildirdi.

Oqibatda «Yandex»ning bir qator xizmatlari, şuningdek, uning bulutli infratuzilmasidan foydalanadigan boşqa platformalarda ham uzilişlar kuzatildi.

Ammo bu voqeaning eng muhim jihati faqat yirik IT-kompaniyaning texnik muammolarga duç kelganida emas. Masala zamonaviy iqtisodiyotda millionlab odamlarning işi raqamli tizimlarga qançalik boğlanib qolganida.

“Yandex” va uning muhojirlar hayotidagi örni

Rossiyadagi köplab mehnat muhojirlari taksi, kurerlik va buyurtma yetkazib beriş sohalarida işlaydi. Ularning bir qismi «Yandex Go» va buyurtmalarni qabul qiliş, yönalişni kuzatiş hamda iş jarayonini boşqarişga xizmat qiluvçi «Yandex Pro» ilovalaridan foydalanadi.

Bu tizimlardagi uziliş haydovçi yoki kurer uçun bir neçta muammoni keltirib çiqarişi mumkin: buyurtmalarni qabul qila olmaslik, mijoz manzilini aniqlaşda qiynaliş, yönalişni kuzatişdagi xatolar va bajarilgan buyurtmalar böyiça ma’lumotlarga kirişdagi qiyinçiliklar. Bularning barçasi iş jarayonini sekinlaştirişi yoki vaqtinça töxtatişi mumkin.

11-oktyabr kuni Özbekistondagi Yandex Go foydalanuvçilari bilan bir qatorda ayrim haydovçilar va kurerlar ham muammolarga duç kelgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayrim haydovçilar «Yandex Pro» ilovasi bilan ham muammolarga duç kelgan. Uzilişlar ertalab taxminan soat 6:00 da boşlangani va soat 7:00 atrofida şikoyatlar eng yuqori darajaga yetgan

«Yandex»ning Özbekistondagi rahbari Izzat Şukurov ham 12-oktyabr kuni jiddiy uziliş yuz berganini tasdiqlab, jamoalar xizmatlarni tiklaş va hamkorlarga yordam beriş uçun işlaganini bildirgan.

Aytiş kerakki, Yandex Go faqat yölovçilar va haydovçilar örtasidagi vositaçi emas. U taksi, oziq-ovqat yetkazib beriş va boşqa xizmatlar bilan boğlangan raqamli ekotizimning bir qismidir. Şu sababli texnik nosozlikning ta’siri bir vaqtning özida foydalanuvçilar, haydovçilar, kurerlar, taksoparklar va xizmatlardan foydalanadigan bizneslarga yetib borişi mumkin.

«Yandex»ning Özbekistondagi bozor kölami qança?

«Yandex»ning Özbekistondagi rasmiy ma’lumotlariga köra, 2025-yil iyun holatida Yandex Go bilan 179 ming haydovçi hamkorlik qilgan, «Yeda», Lavka va yetkazib beriş xizmatlarida esa 49 ming kurer işlagan. Bu raqamlar faqat töliq iş kuni işlaydigan xodimlarni emas, platforma bilan turli şakllarda hamkorlik qiluvçilarni ham qamrab olişi mumkin.

Kompaniya ma’lumotiga köra, 2024-yilda Özbekistondagi Yandex Go haydovçilari, kurerlari va boşqa hamkorlarining buyurtmalardan olgan jami daromadi 530 million AQŞ dollarini taşkil etgan. Kompaniya uşbu summalarni öz komissiyasini hisobga olmagan holda keltirgan.

«Yandex» kompaniyasining fintex yönalişi rahbari Dmitriy Pirogovning ma’lum qilişiça, «Yandex Pey» foydalanuvçilarining bir qismi uçun pul ötkazmalari va tölovlardan foydalaniş imkoniyati tiklangan.

Şuningdek, «Seyvax»dagi, tezkor tölovlar tizimi orqali va bank rekvizitlari böyiça amalga oşiriladigan ötkazmalar ham bosqiçma-bosqiç qayta işga tuşirilmoqda. Ayrim foydalanuvçilar öz mablağlarini köriş va ulardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan. Tizim ortiqça yuklanib qolmasligi uçun xizmatlardan foydalaniş imkoniyati bosqiçma-bosqiç oçilmoqda.

Kompaniya vakilining aytişiça, plastik kartalar va tölov stikerlari orqali tölovlar töliq tiklangan. Biroq «Yandex Pey» hali ham barqaror işlamayapti, ayrim funksiyalardan foydalaniş imkoni mavjud emas.

Rossiya Davlat dumasi deputati Yuriy Afonin «Ma’lumotlar markazlarini tiklaşdagi asosiy muammolardan biri yangi uskunalar, jumladan, köp miqdordagi mikroçiplarni xarid qiliş bölişi aniq. Gap faqat Ğarb sanksiyalarida emas. Rossiyaning hamkor davlatlari yordamida biz ularni aylanib ötişni asosan örganib oldik», — dedi.

Deputatning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgani sababli hozirda jahon mikroçiplar bozorida katta taqçillik kuzatilmoqda. Uning sözlariga köra, dunyodagi eng yirik xotira mikroçiplari işlab çiqaruvçilaridan biri — Micron Teçnology kompaniyasi 2027-yilda işlab çiqarilişi rejalaştirilgan mahsulotlar hajmining 75 foizi böyiça allaqaçon şartnomalar tuzgan. Yangi yetkazib beriş şartnomalari esa asosan 2028-yil uçun tuzilmoqda.

Afoninning aytişiça, Samsung Electronics va SK Hynix kabi yirik işlab çiqaruvçilarda ham şunga öxşaş vaziyat kuzatilmoqda. Ularning kelgusi işlab çiqariş hajmlarining asosiy qismi ma’lumotlar markazlarini boşqaruvçi bir neçta yirik operatorlar tomonidan oldindan şartnomalaştirib qöyilgan.

Xulosa qilib aytganda, «Yandex» ma’lumotlar markazlaridagi hodisalar raqamli iqtisodiyotning zaif nuqtalaridan birini körsatdi: texnologiya işlayotgan paytda uning ortida qança insonning mehnati va daromadi turganini köpinça sezmaymiz. Tizim töxtaganda esa bu boğliqlik darhol namoyon böladi.

Rossiyadagi mehnat muhojiri uçun işlaydigan ilova şunçaki telefondagi dastur emas, balki kimlar uçundir kunlik buyurtma, oilasiga yuboriladigan pul va tirikçilik manbai. Özbekistonda esa şu kabi platformalarning işi yuz minglab haydovçi va kurerlarning faoliyati bilan boğliq.

Hozirça mazkur hodisalar natijasida qança odam daromad yöqotgani yoki qança biznes zarar körganini körsatadigan töliq statistika yöq. Şuning uçun aniq zarar miqdorini aytişga erta. Ammo voqea raqamli infratuzilmaning barqarorligi nafaqat texnologiya, balki mehnat, iqtisodiy xavfsizlik va ijtimoiy himoya masalasi ham ekanini körsatdi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya