64 17/10/2026

Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyati sudi hujjatlarida bayon etilişiça, F.P. 2018-yilda mavsumiy işlaş maqsadida Rossiyaga borgan. Biroq uning hayoti keyinçalik yengil pul topiş ilinji tufayli butunlay boşqa tomonga burilib ketdi. 2020-yil iyun oyida u giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga aloqadorlikda gumonlanib, qölga olingandan söng Moskva şahrining Perovo tuman sudi uni 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Şu tariqa Rossiyaga işlab pul topiş uçun borgan yigit giyohvandlik vositalari savdosiga aloqador jinoyat uçun qamalib qoldi.

F.P. jazoni Tatariston Respublikasidagi jazoni ijro etiş muassasalaridan birida ötayotgan edi. Sud hujjatlariga köra, 2022-yil oktyabr oyida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi vakillari unga Ukrainadagi uruşda Rossiya tomonida qatnaşişni taklif qilgan. F.P. taklifga rozi bölib, jangovor harakatlarda iştirok etiş töğrisidagi rozilik xatiga imzo çekkan.

Sud maʼlumotlariga köra, 2022-yil oktyabr oyida F.P. bilan birga jazoni ötayotgan boşqa ayrim mahkumlar ham uruşda qatnaşişga rozilik bildirgan. Jami 131 nafar mahkum maxsus kuzatuv ostida avtobusda Rostov viloyatidagi «Vagner» harbiy bazasiga olib borilgan.

2022-yilning 9-oktyabrida F.P. boşqa şaxslar bilan birga Rossiyaning Rostov-Don hududidan Ukraina hududidagi Lugansk viloyatiga ötgan. U yerda bölgan ikki haftalik harbiy tayyorgarlikda avtomatdan öq uziş, granatadan foydalaniş va birinçi tibbiy yordam körsatiş örgatilgan.

Oktyabr oyi oxirlarida F.P. «6-rota» deb atalgan maxsus bölinma tarkibiga ötkazilgan. Unga AK rusumli jangovar qurol va himoya kiyimi berilib, Baxmut hududidagi mudofaa çiziğini uşlab turiş vazifasi yuklangan.

Biroq dekabr oyida Baxmut hududidagi jangovar harakatlar vaqtida F.P. öng qölidan öq yeb, oğir tan jarohati olgan. U avval Pervomaysk şahriga, keyin Lugansk şahriga olib borilgan.
2023-yil aprel oyi boşlarida u Krasnodar ölkasining Anapa şahridagi «Vagner» jangarilariga qaraşli şifoxonada davolangan. Sud hujjatlarida qayd etilişiça, kompaniya safida Ukrainadagi janglarda qatnaşgani uçun unga 1 million 180 ming rubl miqdorida pul tölangan.

F.P. 2023-yil sentyabr oyigaça Anapa va Moskva şaharlarida bölgan. Keyinçalik Özbekistonga qaytgan.

Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudining hukmi bilan F.P. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi — yollaniş, şuningdek, 223-moddaning 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga jazolarni qöşiş tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan va jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaş belgilangan.

Biroq 2026 yil 8 yanvarda Qaşqadaryo viloyati sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati kassatsiya instantsiyasi hukmni özgartirgan. F.P. Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi böyiça oqlangan, işning uşbu qismi tugatilgan. Yollaniş jinoyati böyiça tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi esa özgarişsiz qoldirilgan. Jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilangan.

Sudlangan şaxsning advokati himoyasidagi şaxs qilmişidan puşaymonligini, öz aybiga iqror bölganini va ijobiy tavsiflanganini bildirib, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni söragan.

Biroq sudlov hayʼati yollaniş jinoyati böyiça ayb guvohlarning körsatmalari, yozma va aşyoviy dalillar hamda işdagi boşqa materiallar bilan tasdiqlangan, degan xulosaga kelgan. Sud, şuningdek, tayinlangan jazo qonuniy va adolatli ekanini qayd etgan.

Natijada taftiş instantsiyasi sudi kassatsiya instantsiyasining 2026-yil 8-yanvardagi ajrimini özgarişsiz qoldirib, advokatning şikoyatini qanoatlantirmadi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya