57 21/10/2026

Ukrainaga qarşi uruşda Rossiya armiyasi safida Markaziy Osiyoning beşta davlati — Özbekiston, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkmaniston fuqarolari iştirok etgan. «Хочу жить» loyihasi maʼlumotlariga köra, 2026-yil 1-oktyabr holatida uşbu davlatlarning 20 437 nafar fuqarosi Rossiya tomonidan uruşga jalb qilingan.

Loyiha maʼlumotlarida qayd etilişiça, bu Rossiya armiyasidagi şaxsi aniqlangan 45 959 nafar yollanma askarlar umumiy sonining 44 foizini taşkil etadi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng köp fuqaro Özbekistondan jalb qilingan. 2022-yildan beri Ukrainaga qarşi uruşda 8 207 nafar özbekistonlik iştirok etgani bildirilgan.

Keyingi örinlarda Tojikiston — 5 308 nafar, Qozoğiston — 3 819 nafar, Qirğiziston — 2 219 nafar va Turkmaniston — 884 nafar fuqaro qayd etilgan.

Maʼlumotlarga köra, Rossiyaning mintaqadan fuqarolarni jalb qiliş kölami sönggi yillarda oşgan. 2025-yilda Markaziy Osiyoning uşbu beşta davlati fuqarolari tomonidan Rossiya Mudofaa vazirligi bilan tuzilgan şartnomalar soni avvalgi yilga nisbatan ikki baravardan köproq bölgan.

Loyiha mualliflari mintaqadagi til, madaniyat va migratsiya aloqalari Rossiyaga qöşni davlatlar fuqarolarini yollaşni osonlaştirayotganini taʼkidlagan.

Manbada Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlariga Rossiyadan öz fuqarolarining taqdiri va ularni yollaş holatlari haqida maʼlumot talab qiliş, şuningdek, uruşga jalb qilinganlarni qaytariş çoralarini köriş taklif etilgan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya