139 17/02/2024

Migratsiya haqida gap ketganida, ko‘pincha adaptatsiya, integratsiya, assimilyasiya kabi atamalar qo‘llaniladi. Ushbu atamalar nimani anglatishini bilib olishni taklif qilamiz.

Adaptatsiya – bu bir shaxsning yoki bir guruh insonlarning yangi hayot, ish yoki o‘qishdagi sharoitlarga moslashish jarayoni. Masalan, boshqa davlatga kelgan muhojirlar yangi madaniyat, til va qonunlarga moslashishi kerak.

Integratsiya – bu turli guruhlarni bir madaniyatda birlashish jarayoni. Birlashish bir jamiyatda turli madaniyatlar, dinlar va millatlarning umumiylashishidan iborat. Masalan, Yevropada turli madaniyat va tillarga ega bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar mavjud, ammo ular jamiyatdagi umumiy qadriyatlar va manfaatlar tufayli muvaffaqiyatli birlashishgan, ya’ni integratsiyalashgan.

Assimilyasiya – bir guruh odamlarning boshqa guruh madaniyati, an’analari va qadriyatlarini to‘liq qabul qilish jarayoni. Masalan, Qo‘shma Shtatlarga kelgan ko‘plab muhojirlar Amerika jamiyatining madaniyati va turmush tarzini o‘zlashtirib, uning bir qismiga aylanadilar. Sobiq madaniyatlari, ona tilisi va urflarini unutib yuborashadi.

Bu jarayonlarning barchasi ixtiyoriy yoki majburiy ravishda sodir bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda hukumatlar millatning birligini mustahkamlash yoki etnik yoki diniy mojarolarning oldini olish maqsadida assimilyasiya, integratsiya siyosatini olib borishi mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация