1000 ga yaqin rossiyalik sayyohning Turkiyadagi dam olish muddati rejadan tashqari uzayib ketdi. Moskvaga ucha olmagan to’rtta reys yo’lovchilari ovqat bilan birga besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirildi.
Majburiy ta’tilda qolgan sayyohlardan birining aytishicha, ular kechasi soat to’qqizlarda Pegasus Airlines kompaniyasining arzon reysi bilan Antaliyadan Vnukovoga uchgan. Samolyot 1,5 soat osmonda aylanib, oxir-oqibat Turkiya aeroportiga qaytgan. Yarim tundan so’ng barcha sayyohlar besh yulduzli Club Hotel Sera mehmonxonasiga olib ketildi, u yerda bepul nonushta va tushlik beriladi. Ko’pchilikka yaxshilangan xonalar berilgan.
Xuddi shu mehmonxona hozirda Rossiyaga yana uchta bekor qilingan reysdan kelgan sayyohlarni qabul qilmoqda. Hozircha odamlar Moskva va Sankt-Peterburgga qachon ucha olishlari haqida ma’lumot berilmagan.
Moskva aeroportlarida juda ko‘p reyslar kechiktirildi. Ba’zi odamlar parvozlarini 33 soatdan ko’proq kutishmoqda.
Moskva-Antaliya reysi S7 3741 yo‘lovchilari 30 soatdan ko‘proq vaqt davomida uchishni kutishganini aytishgan. Ular 6-may kuni kechqurun uchib ketishlari kerak edi. Aviakompaniya kishi boshiga 950 rubl oziq-ovqat uchun vaucherlar bergan. Biroq bir shisha suvning narxi 200 rubl. Yo’lovchilarni mehmonxonaga joylashtirishdan ham bosh tortishgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Sheremetyevoda 10 ta reys bekor qilingan: Astraxan, Belgrad, Qozon, Samara, Orenburg, Ufa, Chelyabinsk, Murmansk, Perm, Minsk. Vnukovoda 12 ta reys kechiktirildi: Chelyabinsk, Buxoro, Dubay, Xurgada, Bodrim va boshqalar. Turkiyaga yana 12 ta reys butunlay bekor qilindi.