168 24/02/2024

Moskvadagi patent bilan ishlayotgan mehnat muhojirlariga patent puli to‘lanmaganligi haqida sms xabarlar kelishi ko‘paygan.

Sms xabarda muhojirlarga patent bo’yicha to’lov tizimda ko’rinmayotgani, 30 kundan keyin patent bekor bo’lishi, patent bekor bo’lmasligi uchun to‘lovni amalga oshirib, chekni MMS Saxarovoga  olib kelishilari kerakligi yozilgan.

Bunday sms-xabarlar asosan MMS tizimida xatoliklar tufayli kelmoqda. Shuning uchun agar patent pullarini to‘g‘ri to‘lab kelayotgan bo‘lsangiz, xavotir olmaslikka va patentni to‘lashda davom etishga chaqiramiz. Chunki ko‘pincha, patenti borlar ham bunday sms-xabarlardan keyin patent to‘lashni to‘xtatib, “kirdi-chiqdi” qilishga hamda qaytadan patent olishga kirishib ketishmoqda.

“Kirdi-chiqdi” va yangidan patent qilish o‘rniga, quyidagi amallarni bajarishni tavsiya qilamiz:

  1. MVDga xat yozib, patentingiz-bo‘yicha to‘lovlaringiz qabul qilingani haqida tasdiq oling. Buni MVD sayti orqali bepul uydan chiqmay qila olasiz.
  2. Keyingi patent to‘lovlarini MMSning saytida kvitansiya rasmiylashtirib, shu kvitansiya orqali to‘lang.

Unutmang, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan mehnat muhojirlarining patentini bekor qilish noqonuniy sanaladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация