Maqola

269 10/12/2024

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yozdi. Qodirov bu fikrni rus siyosatchilarining tashabbuslariga asoslanib bildirgani anglashiladi.

«Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish, ish izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuchaytirish haqidagi rus siyosatchilarining tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak deb o‘ylayman.

O‘zbekistonda yashaydigan hamma o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerakligini biz ham shart deb hisoblaymiz va xorijga ish izlab borayotgan vatandoshlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini tan olamiz.

Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakashlar tomonidan kamsitilishiga rozi bo‘layotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, mas’uliyatsizlarcha hayotini sotib yuborib, O‘zbekiston uchun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bo‘lamiz», dedi Alisher Qodirov.

Avvalroq LDPR raisi Leonid Slutskiy diasporalar va huquq-tartibot idoralari bilan uning mazmunini muhokama qilib, chet elliklar uchun majburiy xulq-atvor qoidalarini – «Migrantlar kodeksi»ni yaratishni taklif qilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya