Мақола

93 26/03/2024

«Mening o‘g‘lim terrorchi emas».

Qirg‘izistonlik 32 yoshli Alisher Qosimov ham terakt qatnashchilaridan biriga ijaraga uy berganligi uchun hibsga olingan. Sud uni 22-maygacha qamoq jazosiga hukm qildi. Alisher terrorchilar rejasidan xabari bo‘lmagani, uyni “Avito” orqali ijaraga berganini aytmoqda.

Uning onasi o‘g‘lining terrorchi emasligini, yoshligidan mehnat bilan ulg‘ayganini aytib yig‘lagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li kvartirasini ijaraga bergan odamlarni tanimagan. Ular o‘g‘liga qurilishga ishlashga kelishganini aytishgan.

Alisher Qosimov Rossiya fuqaroligini olgan, uch farzandi bor. Krasnogorsk shahrida yashaydi. Akasi bilan birga choyxona ochib ishlagan.

Moskvaning Basmanniy sudi Crocus’dagi terakt ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchi Alisher Qosimovni hibsga olgani ma’lum qilindi. Biroz avval Moskva sudi matbuot xizmati uning fotosuratlarini ham namoyish qildi. Krasnogorsklik tadbirkor Alisher Qosimov terrorchilarga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanmoqda. U terakt haqida hech narsa bilmagani va hatto uning kvartirasida terrochilar yashayotganidan gumon ham qilmaganini aytgan.

Tergov talabi qanoatlantirilib, Alisher Qosimovga nisbatan 22-mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilangan.

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan Qosimov Rossiya fuqarosi, shuningdek, u yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib, o‘zi ishlagan kafeni boshqargan.

Qosimov terakt ishida qarindoshlari — onasi, ukasi va amakisi ishtirok etgan birinchi shaxs hisoblanadi.

Sud jarayonida ayblanuvchi kvartirani shunchaki Avito orqali ijaraga berganini va bo‘lajak terrorchilarga boshpana berayotganini bilmaganini aytgan.

24-mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi terakt aybdorlari Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni (Tojikiston fuqarolari) hibsga oldi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация