4 296 03/09/2025

2025-yilning 1-sentabridan boshlab vizasiz mamlakatlardan Moskva yoki Moskva viloyatiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar “Amina” mobil ilovasini o‘rnatishlari shart.

Yangilik O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova va Ukraina davlatlardan kelgan mehnat muhojirlariga tegishli.

Quyida «Amina» haqida ma’lumotlar to‘plamini havola qilamiz.

🔴 «Amina» nima, ilovani qayerdan yuklab olsam bo‘ladi, unda qanday ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladi?

“Amina” migrantlar uchun yangi majburiy mobil ilova bo‘lib, Moskva va Moskva viloyatida 2025-yil 1-sentyabrdan amalda bo‘ladi.

Uni RuStore ilovalar do‘konidan quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

“Amina” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish uchun chet el fuqarosi:

Chet el fuqarosi kartasiga ega bo‘lishi (u «Saxarova» MMCda beriladi), agar karta yo‘qolgan bo‘lsa pasport ma’lumotlaridan foydalanib tizimga kirishi mumkin.

Ilovani o‘rnatgandan so‘ng tizimga kiring va Migratsiya markazi manzilida ro‘yxatdan o‘ting.

Haqiqiy yashash manzilingizni (odam yashaydigan va uxlaydigan joy) ko‘rsating. Agar siz manzilingizni o‘zgartirsangiz, bu haqda 3 ish kuni ichida ariza orqali xabar berishingiz kerak.

Ilova avtomatik ravishda geolokatsiyani MVDga uzatadi. Agar ma’lumotlar uch kundan ortiq vaqt davomida olinmasa, migrant “uchyot”dan chiqariladi va nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilishi mumkin.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya