
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab «Amina» mobil ilovasi nafaqat Moskva va Moskva viloyatiga ishlash uchun kelayotgan chet el fuqarolariga, balki boshqa ayrim toifadagi muhojirlar uchun ham majburiy bo‘ladi.
Moskva Migratsiya Markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ilova 18 yoshdan oshgan va o‘qish uchun kelgan chet el fuqarolari uchun yagona ro‘yxatdan o‘tish usuli bo‘ladi. Yangi qoidalar O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Ukraina fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, YeOII mamlakatlari – Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ishlaydigan fuqarolarining voyaga yetgan oila a’zolari ham ilovadan foydalanishlari shart bo‘ladi.
Biroq, Moskva va Moskva viloyatiga ishga joylashish uchun kelayotgan chet el fuqarolari uchun tartib o‘zgarishsiz qoladi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova va Ukraina fuqarolari “Amina” mobil ilovasini o‘rnatishlari va undan foydalanishlari shart.