Maqola

218 25/06/2026

Apple kompaniyasi VK xoldingi ilovalarini oʻz App Store doʻkonidan oʻchirib tashladi. Endi iPhone qurilmalari egalari ushbu dasturlarni yuklab yoki yangilay olmaydi.

VK matbuot xizmati kompaniya hech qachon sanktsiyalar ostida boʻlmaganini iddao qilmoqda. Turli mamlakatlar huquqshunoslari ushbu faktni tasdiqlamoqda. Kompaniya rahbariyati Apple qarorini adolatsiz deb atadi. Endi ayfon foydalanuvchilari yangi xabarlar va voqealar toʻgʻrisidagi muhim bildirishnomalarni olmaydi.

Ilovalar doʻkonidan «VKontakte», «Dzen», «VK Video», «VK Messendjer», «VK Music», «VK Znakomstva» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmogʻi kabi ommabop xizmatlar gʻoyib boʻldi.

Bundan oldin, 3-iyun kuni, App Store doʻkonidan Rossiyaning Max davlat messenjeri ham yoʻqolgan edi. Hukumat undan bloklangan Telegram oʻrniga foydalanishni taklif qilmoqda. Apple qurilmalaridagi ushbu ilovada ham qoʻngʻiroqlar va xabarlar haqidagi bildirishnomalar kelishi toʻxtadi, ammo boshqa funktsiyalar ishlamoqda.

Biroq ayfonlarga oldinroq oʻrnatilgan barcha VK dasturlari telefonlarda ishlashda davom etadi. Android tizimidagi qurilmalar foydalanuvchilari uchun barcha ilovalar odatiy rejimda yuklab olish va yangilash uchun mavjud.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya