
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Donald Trampning ikkinchi muddati boshlanganidan beri hujjatsiz migrantlarning ketishi va deportatsiyasi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvaridan beri ikki milliondan ortiq qonuniy maqomga ega bo‘lmagan odam mamlakatni tark etgan. Ulardan taxminan 1,6 millioni o‘z ixtiyori bilan ketgan, 400 000 dan 530 000 gacha bo‘lganlari esa rasmiylar tomonidan deportatsiya qilingan.
DNS hisob-kitoblariga ko‘ra, Tramp prezidentligining birinchi yili oxiriga kelib, deportatsiya qilinganlar soni 600 000 ga yaqinlashishi mumkin. Departamentning ta’kidlashicha, deportatsiya va «mustaqil ketishlar»ning hozirgi hajmi tarixan yuqori bo‘lib, o‘sishda davom etmoqda.
AQSH immigratsiya va bojxona nazorati operatsiyalari har doim ham ravon kechmayapti. Ba’zi demokratik partiya hukmron shahar va shtatlarda federal hokimiyat mahalliy ma’muriyat va faollarning qarshiligiga duch kelmoqda. Natijada, bir nechta hollarda ICE reydlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy gvardiya chaqirilgan.