
2026-yil 19-fevralda AQSh Davlat departamenti Oʻzbekistondagi ayrim shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini eʼlon qildi. AQSh maʼlumotlariga koʻra, bu shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiyani tashkil etishga yordam bergan.
Cheklovlar vizalarni rasmiylashtirish bilan shugʻullanadigan ikkita oʻzbek kompaniyasining rahbarlari va top-menejerlariga tegishli. AQSh maʼlumotlariga koʻra, ushbu kompaniyalar AQShga noqonuniy kirishni istagan chet elliklarga sayyohlik xizmatlarini koʻrsatgan.
Ushbu choralar AQSh Immigratsiya toʻgʻrisidagi qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun AQSh xavfsizligi yoki manfaatlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlashga imkon beradi.
Tergov shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan shaxslar Markaziy Amerika mamlakatlari orqali chet elliklarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni tashishni tashkil qilgan. Keyinchalik ularning koʻplari AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtishga urinayotganda hibsga olingan.
Bayonotda Qoʻshma Shtatlar oʻzining immigratsiya qoidalarini buzishga yoki milliy xavfsizlikka tahdid solishga urinishlarga toqat qilmasligi aytilgan. Amerika rasmiylari noqonuniy immigratsiyadan foyda koʻrayotganlarning faoliyatini to‘xtatish va bunday sxemalarga qarshi kurashishi bildirildi.
Qoʻshma Shtatlar shuningdek, Oʻzbekiston hukumatiga AQShga noqonuniy immigratsiyani osonlashtiradigan jinoiy guruhlarga qarshi kurashdagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Hujjatda cheklov qo‘llanilgan kompaniyalar hamda O’zbekiston fuqarolarining nomlari keltirilmagan.