Maqola

325 11/06/2024

Kaliforniyadagi chegara xodimlariga Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar bermoqda.

Chegara xizmatiga yuqorida qayd etilgan davlatlardan faqat voyaga yetgan, hujjatsiz muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Boshqa muhojirlar sudga kelish majburiyati bilan ozod qilinishi mumkin. Biroq ularga boshpana so‘rashga ruxsat berilmaydi.

Muhojirlarni deportatsiya qilish haqidagi buyruq faqat Kaliforniyaning San-Diego sektoriga ta’sir qiladi, bu joy noqonuniy migratsiya uchun eng gavjum hudud hisoblanadi. Buni AQSh bojxona va chegara himoyasi tasdiqladi.

Shuningdek, ba’zi muhojirlar o’z mamlakatiga qaytarilishi o’rinli xavf paydo qilsa, sud sanasi bilan ozod qilinishi mumkinligi aytilgan. Bu Meksika va AQSh bilan deportatsiya bo’yicha kelishuvga ega bo’lgan boshqa davlatlarga taalluqlidir, ammo shunga qaramay ularga boshpana so’rashga ruxsat berilmaydi.

Yangi qoidalar prezident Jo Baydenning hujjatsiz muhojirlarning Qo’shma Shtatlardan boshpana izlashlarini taqiqlovchi farmoyishidan kelib chiqadi.

AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o’tgan hibsga olingan muhojirlar soni kuniga 1500 kishidan kamayguncha deportatsiya qilinadi.

Biroq kuzatuvsiz bolalar, sog‘lig‘i yoki xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan odamlar va odam savdosi qurbonlari bundan mustasno, deya xabar bergan Reuters.

Chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, dam olish kunlarida 10 mingdan ortiq muhojir AQSh janubiy chegarasini kesib oʻtgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya