Maqola

664 22/08/2025

AQSh Davlat departamenti amaldagi AQSh vizasiga ega 55 milliondan ortiq xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlarini tekshiradi, deya xabar beradi AP departamentga tayanib.

Davlat departamentining bildirishicha, barcha viza egalari hujjatning amal qilish muddati tugashi, jinoiy faoliyat, jamoat xavfsizligiga tahdid, har qanday turdagi terrorchilik faoliyatida ishtirok etish yoki terroristik tashkilotni qo‘llab-quvvatlash kabi “muvofiqlik ko‘rsatkichlarini” aniqlash uchun “doimiy tekshiruvdan” o‘tkaziladi.

Agar bunday ko’rsatkichlar aniqlansa, viza bekor qilinadi va egasi, agar u AQShda bo’lsa, deportatsiya qilinadi.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya