
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti AQSHdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishni istagan noqonuniy immigrantlar uchun to‘lov miqdorini 1000 dollardan 2600 dollargacha oshirilganini e’lon qildi.
Ilgari departamenti AQSH bojxona va chegara himoyasi tomonidan ishlab chiqilgan CBP Home mobil ilovasi orqali o‘zini deportatsiya qilganlarga 1000 dollar to‘lagan edi. Endi bu miqdor 2600 dollarga oshirildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvaridan beri AQSHda noqonuniy ravishda istiqomat qiluvchi 2,2 million kishi mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etgan. Ulardan «o‘n minglab» kishi CBP Home ilovasidan foydalangan. Biroq, Brukings institutining yaqinda e’lon qilingan hisobotida ushbu ma’lumotlar shubha ostiga qo‘yilgan va departamenti statistikasi ishonchli manba deb hisoblanmasligi kerakligi aytilgan.
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem to‘lovlarning oshishi Donald Tramp prezidentligining birinchi yiliga to‘g‘ri kelishini va vaqtinchalik bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatsiz immigrantlar ixtiyoriy ravishda chiqib ketishga undaladi, aks holda rasmiylar hibsga olish va deportatsiya qilish kabi majburlash choralarini ko‘radi.
Departament shuningdek, so‘nggi oylarda o‘zini deportatsiya qilish dasturini faol ravishda targ‘ib qilganini, jumladan, naqd pul to‘lovlari va aviachiptalar haqida so‘z yuritilgan reklama kampaniyalari orqali ma’lum qildi. Biroq, dastur ishtirokchilariga to‘langan aniq miqdor oshkor qilinmadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp prezidentligining birinchi yilida Qo‘shma Shtatlardan 675 000 kishi deportatsiya qilingan. Biroq, Brukings instituti mutaxassislari haqiqiy miqdorning ancha past – 310 000 dan 315 000 gacha ekanligini taxmin qilmoqda.