
Tramp maʼmuriyati AQShda noqonuniy muhojirlarni roʻyxatga olishning yangi tizimini joriy qilmoqda.
Endi 14 yoshga to’lgan barcha hujjatsiz muhojirlar ro’yxatdan o’tishlari, barmoq izlarini taqdim etishlari va yashash manzillarini ko’rsatishlari shart. Ushbu talablarga rioya qilmaganlar 5000 dollargacha jarima yoki olti oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu chora ilgari to’liq amalga oshirilmagan immigratsiya qonunlariga asoslangan. Maqsad – noqonuniy immigratsiya ustidan nazoratni kuchaytirish va deportatsiya jarayonini tezlashtirish. Ro‘yxatdan o‘tish shakli va uni topshirish tartibi yaqin vaqt ichida USCIS veb-saytida e’lon qilinadi.
Biroq inson huquqlari tashkilotlari bu yangiliklarga xavotir bildirmoqda. Ularning fikricha, bunday reyestrdan mamlakatda ko‘p yillardan beri yashab kelayotgan shaxslarni aniqlash va deportatsiya qilish uchun foydalanish mumkin. Milliy Immigratsiya Huquqiy Markazi (NILC) eslatishicha, bunday ommaviy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1940-yilda o‘tkazilgan va u qo‘poruvchilik faoliyatida gumonlanuvchilarni aniqlash uchun ishlatilgan.
Ro’yxatdan o’tmaslik deportatsiyaga olib kelishi mumkin. Rasmiylarning ta’kidlashicha, sudlangan xorijliklar yoki qonunni buzganlar asosiy maqsad bo’lib qoladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ro’yxatga olish talablariga rioya qilmaslik jarima, qamoq yoki ikkalasini ham nazarda tutadigan jinoyatdir. Shuning uchun rasmiy veb-saytlardagi yangilanishlarni diqqat bilan kuzatib borish va agar kerak bo’lsa, yuridik maslahat olish tavsiya etiladi.