
AQShda yangi qoidalar joriy etildi: agar AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib o’tgan shaxs hibsga olinsa, u darhol 5000 dollar to’lashi kerak. Bu 14 yoshdan oshgan, qachon kelganidan qat’i nazar, barcha chet elliklar uchun amal qiladi.
Bu jarima hujjatlarni olishga yordam bermaydi, «qolish huquqini» bermaydi va deportatsiyani bekor qilmaydi.
Agar shaxs jarimani to’lamasa, bu summa hukumatga qarz deb hisoblanadi va kelajakda unga viza, grinkarta yoki AQShga kirish rad etilishi mumkin.
Bundan tashqari, sud qaroridan keyin AQShdan chiqib keta olmaganlar uchun har bir kun uchun taxminan 1000 dollar miqdorida kunlik jarima joriy etildi.
AQSh chegara patrul xizmati rasmiylarining so’zlariga ko’ra, yangi qoidalar Meksika bilan noqonuniy chegarani kesib o’tish sonini kamaytirgan.
Mutaxassislarning fikricha, choralar yanada kuchaytiriladi. Agar kimdir AQShga noqonuniy kirsa, endi katta qarzlar va umrbod taqiqlarga duchor bo’lish xavfi mavjud. Hujjatlarni qonuniy ravishda topshirgan ma’qul.