589 16/07/2025

Iyul oyi boshida, Nyu-York shtatining shimoliy qismi, Kanada bilan chegara yaqinida AQSh chegarachilari yetti kishi — besh nafar Eron va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobusni to‘xtatdi. Bu haqda bosh patrul agenti Robert Garsiya xabar bergan.

Chegara xizmati xodimlari AQSh-Kanada chegarasida joylashgan Murs Forks shahri hududida shubhali harakatni payqashdi. Mikroavtobusni to’xtatgandan so’ng, barcha erkaklar AQShga noqonuniy ravishda kirganligi ma’lum bo’ldi. Ularning ba’zilari Meksikadan, ba’zilari Kanada bilan chegarani kesib o’tgan. Hozirda barcha muhojirlar hibsda va deportatsiya qarorini kutishmoqda.

Robert Garsiya ularning barchasi noqonuniy muhojirlar ekanligini tasdiqlagan. Ular yaqin orada mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz: o‘tgan moliya yilida AQSh hukumati 570 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilgan edi. Bu undan oldingi yilga nisbatan olti yarim barobar ko‘pdir. Taqqoslash uchun: 2022-yilda O‘zbekistondan bor-yo‘g‘i 21 kishi deportatsiya qilingan.

2025-yil aprel oyi boshida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik ogohlantirish bilan chiqdi. U AQShda noqonuniy bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etishga chaqirdi. Unga ko’ra, agar shaxs hibsga olinsa, u migratsiya qamog‘iga tushishi va keyinchalik deportatsiya qilinadi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya