
AQSHning Sinsinnati shahrida politsiya «Peykor» stadioni avtoturargohida kechki poygadan keyin olti kishini hibsga oldi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, haydovchilar drift qilib, xavfli harakatlangan, asfaltda shina va kuygan rezina izlari qolgan.
Stadion xavfsizlik xizmati voqea haqida polisiyaga xabar bergan. Huquqni muhofaza qilish organlari poygachilarni kuzatish uchun drondan foydalangan, bu ularga poygachilarning harakatlarini kuzatish va avtoturargohdan yagona chiqish yo‘lini yopish imkonini bergan.
Politsiya yetib kelganidan so‘ng, bir nechta odam voqea joyida hibsga olingan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida Ahmadjon Valiyev, Madina Yesenova, Mumtozaxon Zaburova, Bekdillo Xamidullayev, Dilmurod Nurmatov va Temur Nurmatov bor. Ularning barchasiga xususiy hududga noqonuniy kirish aybi qo‘yilgan. Temur Nurmatov esa qo‘shimcha ravishda xavfli poyga uyushtirishda ayblanmoqda.
Sud majlisida barcha hibsga olinganlar hech qaysisi aybini tan olmagan. Sud har bir ayblov bo‘yicha 2500 dollar, qo‘shimcha ravishda har bir ayblov bo‘yicha 10 foizlik foiz garov puli undirishga hukm qildi.