Maqola

637 06/02/2026

Qirg’iziston fuqarosi Bekjan Beyshekeev AQShda hibsga olingan. U to’rt kishining o’limiga sabab bo’lgan baxtsiz hodisani sodir etganlikda ayblanmoqda.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko’ra, falokat 3-fevral kuni sodir bo’lgan. Tergovchilarning fikriga ko’ra, Beyshekeev tirkamali katta yuk mashinasini boshqarayotgan paytda qarama-qarshi yo’lga chiqib, Ichida yetti kishi bo‘lgan avtomobil bilan to’qnashgan. Baxtsiz hodisa natijasida AQSh fuqarolari Genri Eycher, Menno Eycher, Pol Eycher va Saymon Girod halok bo’lgan.

AQSh rasmiylari Fox News telekanaliga Beyshekeev 2024-yil 19-dekabrda CBP One mobil ilovasidan foydalanib, Arizona shtatidagi Nogales kirish porti orqali AQShga kirganini xabar bergan. Departament baxtsiz hodisa paytida u mamlakatda qonuniy immigratsiya maqomiga ega bo’lmaganini aytgan.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko’ra, unga yuk mashinalarini boshqarishga imkon beruvchi tijorat haydovchilik guvohnomasini (CDL) Pensilvaniya transport idoralari bergan.

30 yoshli Beyshekeyev hozirda Fort-Ueyndagi USCIS hibsxonasida saqlanmoqda. Qirg’izistonning AQShdagi elchixonasi bu ish bo’yicha rasman izoh bermagan. Tergov davom etmoqda.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya