
Hodisa aprel oyida Janubiy Karolina shtatining Charleston shahridagi restoran avtoturargohida sodir bo’lgan. TC BioPharm bosh direktori Brayan Kobel Uber taksisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq haydovchi xizmat itini mashinaga chiqarishdan bosh tortgan. Og‘zaki janjaldan keyin haydovchi mashinadan tushib, yo‘lovchini boshi va mushti bilan urgan.
Charleston okrugi sherif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, haydovchi 42 yoshli Rossiya fuqarosi Vadim Ulyumdjiev boʻlib, u soxta haydovchilik guvohnomasidan foydalanib, noqonuniy ravishda AQShga islab yurgan. U ikkinchi darajali kaltaklash ayblovi bilan hibsga olingan va 10 ming dollar garov evaziga ozod qilingan. Keyinroq u AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) tomonidan yana hibsga olingan.
Milliy xavfsizlik kotibi yordamchisi Trisia Maklaflinning Fox News telekanaliga aytishicha, Ulyumjiev 2022-yil 4-dekabr kuni San-Isidro (Kaliforniya) yaqinidagi janubiy chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. Hozirda u Jorjiyadagi immigratsiya hibsxonasida saqlanmoqda.