
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili taxminan 2,5 million hujjatsiz immigrant AQShni tark etgan. Ulardan taxminan 600 ming kishi majburan deportatsiya qilingan, yana 1,9 million kishi esa tekshiruv dan o’tishini bilib, ixtiyoriy ravishda chiqib ketgan.
AQSh rasmiylari birinchi navbatda jiddiy jinoyatlar sodir etganlarni deportatsiya qilishga ahamiyat berishini ta’kidlaydi. Biroq, ular boshqa muhojirlarni agar ixtiyoriy ravishda chiqib ketmasa, topilishi, hibsga olinishi va mamlakatga kirishi butunlay taqiqlanishi haqida ogohlantiradi.
Ixtiyoriy ravishda uyga qaytishga qaror qilganlar uchun maxsus ilova mavjud. U bepul reys va taxminan 1000 dollar miqdorida bir martalik yordam olish imkonini beradi.
AQSh prezidenti mamlakat tarixidagi eng yirik deportatsiya kampaniyasini o’tkazishni rejalashtirayotganini va migrantlarga nisbatan yondashuvini keskin kuchaytirayotganini e’lon qildi. AQSh rasmiylari hujjatsiz immigrantlarni reydlarni kutmaslikka va doimiy kirish taqiqidan qochish uchun ixtiyoriy ravishda ketish imkoniyatidan foydalanishga chaqirmoqda.