Maqola

181 30/01/2025

Prezident Donald Tramp taklif qilgan noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish deyarli 1 trillion dollarga tushishi va o‘n yildan ko‘proq vaqtni olishi mumkin, deb yozadi Financial Times Amerika Immigratsiya kengashi ma’lumotlariga tayanib.

Nashr ta’kidlashicha, hozirda Qo‘shma Shtatlarda doimiy yuridik maqomga ega bo‘lmagan 11 millionga yaqin odam istiqomat qiladi, bu esa bunday rejani amalga oshirishni nihoyatda qiyinlashtiradi.

Mutaxassislar asosiy muammolar qatorida deportatsiya tizimining haddan tashqari yuklama ostida ekanini ta’kidlashadi. Masalan, 2024-yilda so‘nggi o‘n yil ichida rekord darajada – 271 484 kishi deportatsiya qilingan. Millionlab odamlarni deportatsiya qilish hozirgi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytirishni talab qiladi.

Huquqiy qiyinchiliklar ham asosiy to‘siqdir. Deportatsiya jarayonini tezlashtirish inson huquqlari guruhlari va alohida davlatlar tomonidan sudga tortilishi va qarshiliklarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, rejani amalga oshirish deportatsiya qilinganlarni saqlash uchun joy yo‘qligi bilan ham murakkablashmoqda. Hozirgi vaqtda Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE ) ixtisoslashtirilgan markazlarda atigi 41500 o‘ringa ega. Yangi qamoqxonalarni qurish katta moliyaviy investisiyalar talab qiladi.

Ayrim davlatlar AQSHdan deportatsiya qilingan muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortishi ularning vatanlariga qaytishini qiyinlashtirmoqda.

Mutaxassislar, shuningdek, keng ko‘lamli deportatsiyalar Amerika iqtisodiyoti va jamiyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlaydi. FT hisob-kitoblariga ko‘ra, uni amalga oshirishning moliyaviy xarajatlari ICE imkoniyatlarini kengaytirish, yangi hibsxonalar qurish, sud xarajatlari va boshqa narsalarni o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, Donald Trampning ommaviy deportatsiya haqidagi va’dalarini amalga oshirish ko‘plab moliyaviy, logistika va huquqiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Bu esa va’dalarning amalga oshirilishi va samaradorligini shubha ostiga qo‘yadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya