76 24/04/2024

Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga safar qiluvchilarning barchasi, yoshidan qat’i nazar, AQSHning amal qiluvchi vizasiga ega bo‘lishlari kerak.

O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlarining farzandlari 

14 yoshga to‘lmagan va O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan bolalardan suhbatdan o‘tish uchun elchixonaga shaxsan kelishlari talab qilinmaydi. Buning o‘rniga, ariza topshiruvchi ota-ona yoki qonuniy vasiy(lar) o‘zlari bilan suhbatga bolaning pasportini, DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasini, va arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lovni olib kelishlari lozim.

14 yoshga yetgan yoki undan katta yoshdagi bolalar ‒ hattoki ular 14 yoshga kirishlaridan avval AQSH vizasini olgan bo‘lsalar ham, suhbatga kelishlari shart. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan murojaatchilarning ota-onalari, farzandlariga viza uchun suhbat vaqtida hamrohlik qilishlari mumkin.

16 yoshga yetgan murojaatchilarga suhbat davomida, viza murojaatchisi bo‘lmagan shaxslar, jumladan bolaning oila a’zolari ham hamrohlik qilishlari mumkin emas.

O‘zbekiston fuqarosi va rezidenti bo‘lmagan shaxslarning farzandlari

O‘zbekiston rezidenti bo‘lmagan shaxslarning farzandlari, yoshidan qat’i nazar, suhbatda ishtirok etishlari zarur. Bu 14 yoshdan kichik bolalarni ham o‘z ichiga oladi.

Agar ota-ona (yoki qonuniy vasiy) AQSH vizasiga ega bo‘lsalar, hamda voyaga yetmagan farzandlari uchun vizaga hujjat topshirish istagida bo‘lsalar, ota-ona yoki qonuniy vasiy, voyaga yetmagan viza murojaatchisi nomidan suhbat kunini onlayn belgilashlari kerak bo‘ladi. Hamrohlik qiluvchi katta yoshdagi shaxs Konsullik bo‘limiga ConsularTashkent@state.gov elektron pochtasi orqali bog‘lanib, ular hamrohlik qiluvchi voyaga yetmagan bola uchun tayinlangan sana va vaqtning o‘zida ularni ham qabul qilishni so‘rashlari mumkin.

⚠️ Suhbatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1️⃣. Bolaning pasporti;

2️⃣. DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi;

3️⃣. So‘nggi olti oy ichida olingan bolaning bir dona fotosurati.

4️⃣. Ma’muriy to‘lov (bola uchun);

5️⃣. Mazkur viza turi uchun talab etiladigan ilova hujjatlar.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация