323 22/01/2026

AQSh rasmiylari Donald Tramp prezidentlik faoliyatining birinchi yilida taxminan 3 million migrant mamlakatni tark etganini xabar qildi.

Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem e’lon qildi. Uning so’zlariga ko’ra, 2,2 million kishi AQShni rasmiylar tomonidan «o’zini o’zi deportatsiya qilish» deb atalgan dastur bo‘yicha ixtiyoriy ravishda tark etgan.

675 000 dan ortiq migrantlar hukumat buyrug’i bilan majburan chiqarib yuborilgan.

Ilgari, 2025-yil dekabr oyida departament Tramp prezidentligi boshlanganidan beri AQShni 2,5 million chet ellik tark etganini, ularning 1,9 millioni ixtiyoriy ravishda ketganini xabar qilgan edi.

Donald Tramp 2025-yil 20-yanvarda lavozimga kirishdi. O’shandan beri u prezidentligidan oldin mamlakatga taxminan 25 million kishi noqonuniy ravishda kirganini bir necha bor ta’kidlagan edi. U immigratsiya qoidalarini qattiqlashtirishni qo’llab-quvvatlagan. Tramp inauguratsiyasidan so’ng darhol AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilish to’g’risidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, u hujjatsiz immigrantlarni deportatsiya qilishning AQSh tarixidagi eng yirik operatsiyasini o’tkazish niyatini e’lon qildi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya