Maqola

248 14/09/2025

Argentina fuqarolikni olish qoidalarini kuchaytirdi. Endi faqat ikki yil davomida mamlakatda qonuniy va doimiy yashashdan keyingina ariza topshirish mumkin. Bolalari Argentinada tug‘ilgan ota-onalarga beriladigan imtiyozlar bekor qilindi. Yashash uchun ruxsatnoma egalari uchun qoidalar ham o’zgardi: agar shaxs olti oydan ortiq muddatga mamlakatni tark etsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, agar bir yildan ortiq vaqt davomida yo’q bo’lsa, doumiy ruxsatnoma bekor qilinadi.

Bundan tashqari, xorijliklar endi maktab va shifoxonalardan tekin foydalanish huquqiga ega emas. Rasmiylar buni ko’pchilik vaqtinchalik kelgani, ta’lim va tibbiyot tizimidan foydalangani, lekin qolmagani va soliq to’lamaganligi bilan izohlaydi.

Ayniqsa, 2022-yilda Argentinaga o‘n mingdan ortiq rossiyalik ayollar tug‘ish uchun kelgani, biroq ularning yetmish foizga yaqini bir necha oydan so‘ng chiqib ketgani kuzatildi. 2023-yildan boshlab Argentina rossiyalik homilador ayollarga kirishni rad etishni boshladi.

Argentinaning Rossiyadagi elchisi Enrike Ignasio Ferrer Vieyra mamlakat muhojirlar uchun ochiqligicha qolayotganini, faqat mamlakatda qonuniy va uzoq muddat yashashni xohlovchilar uchun ochiqligini ta’kidladi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya