122 26/10/2024

Fransiyaning «La Lettre» gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Auchan» tarmog‘i Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmoqda va o‘zining Rossiyadagi korxonasi — «Ashan» MCHJni sotish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash arafasida. Fransuz nashri o‘z manbalariga tayanib, savdo guruhi «mahalliy xaridor» topganini yozgan. «Auchan»ning Rossiyadagi aktivlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan kompaniyaning nomi oshkor qilinmagan.

Fransuz kompaniyasi «Auchan»ning Rossiyadagi biznesini sotish to‘g‘risidagi qarorni Fransiyaning «Le Figaro» gazetasi ham xabar qilgan. Biroq bu nashr ham o‘z manbalariga tayanib, savdo rahbariyati hozircha o‘z aktivlarini xarid qiladigan nomzodlardan birini tanlab ulgurmagani va hozirda ikki potentsial xaridor o‘rtasida tanlov olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Bunday yangiliklar fonida savdo guruhining Rossiyadagi korxonasi — «Ashan»ning vakillari kompaniya yaqin orada yangi egasiga o‘tishi haqidagi ma’lumotni na tasdiqlagan, na rad etgan. «Ashan»ning matbuot xizmati oxirgi yillarda bunga o‘xshash xabarlar bir necha marta tarqalganini eslatib, kompaniyaning Rossiyadan ketishini mish-mish deb atadi.

«Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmagan: biz bozordagi mish-mishlarni izohlamaymiz», — deyiladi «Ashan»ning matbuot xizmati izohida.

Eslatib o‘tamiz, «Ashan» Rossiya hududidagi yirik gipermarketlar tarmog‘iga egalik qiladi. Ushbu fransuz tarmog‘i 2002-yildan buyon Rossiya bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. Rossiya-Ukraina urushidan keyin ham mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatmagan kam sonli xorij korxonalaridan sanaladi. Hozirgi kunda «Ashan»da turli lavozimlarda minglab xorij fuqarolari mehnat qilib kelmoqda. Kompaniyaning Rossiyadan ketishi u yerda ishlayotgan migrantlarning mehnat sharoitlari va bandligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Sizga “Ashan” yoqadimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya