
Atmosfera havosining ifloslanişi bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida havo sifatiga turli omillar taʼsir körsatadi. Muammoni samarali hal qiliş uçun, avvalo, ifloslaniş manbalarini aniqlaş va ularning taʼsirini örganiş zarur.
Şu maqsadda Prezident farmoni asosida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufida Ixtisoslaştirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi taşkil etilgan.
Markaz rahbari, texnika fanlari doktori Zikrilla Alimovning taʼkidlaşiça, laboratoriyada ilğor xalqaro tajriba va zamonaviy uskunalardan foydalangan holda atmosfera havosini ifloslantiruvçi moddalarning kelib çiqiş manbalari örganilmoqda.
Bu tadqiqotlar havo ifloslanişiga qaysi omillar köproq taʼsir körsatayotganini aniqlaş va muammoni hal etiş böyiça samarali yeçimlar işlab çiqişga xizmat qiladi.