Author Archive

Diqqat: “Orsk” va “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punktlari 16 oyga yopiladi

1-fevraldan boshlab Qozog‘iston va Rossiya chegarasida ikkita nazorat punktlari vaqtincha yopiladi. Bu Orеnburg viloyatidagi «Orsk» va «Mashtakovo» o‘tkazish punktlari, deb xabar bermoqda “Росгранстрой” o‘zining rasmiy saytida. Chegara punktlarining vaqtinchalik yopilishiga sabab «Алимбет» va «Сырым» chegaralararo o‘tkazish punktlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari ekani ta’kidlangan. Qozog‘iston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, rekonstruksiya ishlari 16...

Rossiyada tug’ilsa fuqarolik beriladimi?

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish uchun bu yerda tug‘ilish kifoya emasligi bilasizmi? Ba’zi holatlarda tug‘ilganlik ham hisobga olinadi. Rossiya IIV bergan ma’lumotlar asosida Rossiya fuqaroligi berilishining shartlarini keltiramiz. Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish va tugatish shartlari va tartibi 2023-yil 28-apreldagi 138-ФЗ-sonli “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida” federal qonuni bilan tartibga solinadi. Mavjud...

Migrantlarni tushunadigan deputatlar millatchilar tanqidiga uchramoqda

Rossiyada migratsiya mavzusi so‘nggi oylarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Muhojirlarga nisbatan insoniyroq munosabat tarafdori bo‘lgan Davlat Dumasi deputatlari millatchi guruhlarning tanqidiga uchradi. Bosimlarga qaramay, ular o‘z qarashlarini himoya qilishda davom etmoqda. Konstantin Zatulin migratsiya masalalari bo‘yicha ob’yektiv pozisiyasi bilan mashhur. Uning fikricha, Markaziy Osiyoda millatchilik tuyg‘ularining...

Moskvadagi «Принц Плаза» savdo markazida migrantlarga reyd o‘tkazildi

Politsiya Rosgvardiya bilan birgalikda o‘nlab muhojirlarni hibsga oldi, deb yozadi “Baza” telegram kanali. Muhojirlar avtozaklarga o‘tkazilib, hujjatlarni tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Migrantlar ushbu reydning videolarini tojikzabon Parviz TV kanaliga ham yuborgan. Videoda bir tarafdan boshqa tarafga yugurayotgan muhojirlar, vaziyatni “ОМОН” bosdi deb izohlayotgan ayolni ko‘rish mumkin. Migrant.uz...

Xorijda «xol qo‘ygan» o‘zbekistonliklar…

Bugun ish, o‘qish yo sayohat maqsadida xorijga chiqish yangilik emas. O‘zbekiston hududida yursangiz, siz fuqaro “Falonchi Pistonchiyev”siz. Vatan chegarasidan chiqishingiz bilan esa “o‘zbekistonlik “Falonchi Pistonchiyev”ga aylanasiz. Ya’ni nomingiz butun bir mamlakat bilan tamsil qilanadi, maqomingiz o‘zgaradi. Har bitta harakatingiz aynan shu maqom prizmasi bilan baholanadi. Soddaroq aytganda, xorijda siz...

Rossiyaning yarmidan ko‘proq mintaqasida migrantlarni ishga olish cheklangan

2024-yilda Rossiyaning 47 mintaqasida migrantlarni ishga joylashtirish bo‘yicha taqiqlar va cheklovlar joriy qilingan, deb xisoblaydi «Верстка» nashri. Xorijliklar uchun taqiqlangan ishlarning eng ko‘pi taqlangan turlari Krasnodar o‘lkasida. Jami 99 ta kasb taqiqlangan. Ikkinchi o‘rinda Tver viloyati (82), eng kam cheklovlar esa Voronej viloyatida – 10 ta soha. Eng ko‘p...

“Aroq o‘lsin! Yedi seni shu aroq”: Aroqdan o‘layotgan o‘zbekistonliklar

Yurtimizda spirtli ichimliklar bilan zaharlanish va buning oqibatida hayotdan ko‘z yumish holatlari birdan ko‘paydi. 2024-yilning 22-26-dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak spirtlik ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning...

Krasnogorskdagi poyga yoxud traktor mingan “Shumaxer”

Poyga deganda ko‘z oldingizga kuchli sport avtomobillari, dvigatellar shovqini va g‘aroyib manevrlar esga tushadi. Ammo Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida hamma narsa butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi. Bu yerda poyga avtomobili rolini… traktor o‘ynab berdi. Ha, siz to‘g‘ri eshitdingiz – oddiy traktor yo‘l politsiyasi xodimlari bilan haqiqiy poyga uyushtirdi. Agar bu...

Faqat Moskvada emas: butun Rossiya bo‘ylab uy-joy ijarasi qimmatlashmoqda

2024-yilda Rossiyada barcha turdagi kvartiralarni ijaraga olish narxi 31,4% ga oshdi. Ekspertlar 2025-yilda ham narxlarning faol o‘sishda davom etishini taxmin qilishmoqda. Bu ijaraga bo‘lgan yuqori talab va uy-joy xarid qilish salohiyatining tushishi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda «TACC» agentligi. Bir xonali kvartiralar ijarasi uchun eng baland narx o‘sishi Cheropovets...

Rossiyada o‘qimoqchimisiz? – Test topshirasiz

Ilgari chet ellik abituriyentlar rus tilidan majburiy imtihonsiz o‘qishga kirishlari mumkin edi, bu masalani universitetlarning o‘zlari hal qilar edi. Endi Rossiyada hamma uchun yagona test joriy qilish rejalashtirilmoqda. Rossiya Ta’lim va fan vazirligi xorijiy abituriyentlar uchun rus tilidan yagona imtihon ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bergan. Sinov...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya