«Koreya ishi»: iddaolar, inkorlar va javobsiz qolgan savollar

So‘nggi kunlarda Koreyaga ishchi yuborish tizimi atrofidagi korrupsiya iddaolari keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Migratsiya agentligining Koreyadagi sobiq vakolatxona rahbari Azizbek Toshtemirov o‘zining «Koreya 24 soat» Telegram-kanali orqali audioyozuvlar, yozishmalar va boshqa materiallarni e’lon qilib, agentlik rahbariyatiga nisbatan qator jiddiy ayblovlarni ilgari surmoqda. Uning iddaolari Koreyaga ishchi yuborish jarayonidagi korrupsion...








