Ukrainada qullikda saqlangan 13 o‘zbekistonlik qutqarildi

Ukraina ommaviy axborot vositalarida Kiyev viloyatidagi issiqxonalardan birida 13 nafar o‘zbekistonlik og‘ir ahvolda “qul” sifatida ishlatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi vakillari voqea joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, barcha fuqarolarning sog‘-salomatligi ta’minlangan, ular Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan birida zarur tibbiy ko‘rik va muolajalardan...








