Author Archive

Rossiya armiyasida xizmat qilgan migrant sudlandi

2025-yil 13-avgust kuni Shahrisabz tumani sudi sayyor majlis o‘tkazib, Rossiya-Ukraina urushida yollanma askar sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkum (ismi oshkor etilmagan) tumanda yashovchi, oilali, bir necha farzandning otasi hisoblanadi. U avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan, asosan mavsumiy ishlar uchun Rossiyaga qatnab kelgan. Ish materiallariga...

Yekaterinburgda FSB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan migrant qamaldi

Yekaterinburgda soxta migratsiya hujjatlarini olish uchun FSB xodimiga pora berishga uringan migrant sudlandi. 120 ming rubl pora bermoqchi bo‘lgan erkak umumiy rejimdagi koloniyada to’rt yil qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi УФСБ’ning Sverdlovsk viloyati bo’yicha matbuot xizmati. Bundan tashqari, sud 600 ming rubl miqdorida jarima soldi – bu taklif...

Moskvada muhojirlarni kuzatuvchi dastur ishga tushiriladi

1-sentyabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Dastur koronavirus pandemiyasi davrida qo‘llanilgan “Ijtimoiy monitoring” tizimiga o‘xshash bo‘ladi. O‘shanda odamlar o‘zlarining joylashuv ma’lumotlarini ilova orqali uzatgan edi. Endi migrantlar ham xuddi shu tarzda kuzatiladi. Bundan tashqari, Moskva elektron migrant kartasini...

Migrantlar uchun rus tilidan imtihon faqat kompyuterda o‘tkaziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihonlar faqat kompyuter ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzorning Telegram-kanalida xabar berildi. Departamentning xabar berishicha, federal test markazi «ЭкзаМ» dasturiy paketini ishlab chiqqan. Uning yordami bilan migrantlar uchun imtihon o‘tkazish jarayonini...

AQShda yo‘lovchini kaltaklagan rossiyalik muhojir hibsga olindi

Hodisa aprel oyida Janubiy Karolina shtatining Charleston shahridagi restoran avtoturargohida sodir bo’lgan. TC BioPharm bosh direktori Brayan Kobel Uber taksisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq haydovchi xizmat itini mashinaga chiqarishdan bosh tortgan. Og‘zaki janjaldan keyin haydovchi mashinadan tushib, yo‘lovchini boshi va mushti bilan urgan. Charleston okrugi sherif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, haydovchi...

«Til bilmaslik bolaning aybi emas»: Minnixanov migrant maktab o‘quvchilari haqida

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov muhojir bolalarni rus tilini yaxshi bilmasliklari uchun maktabga qo‘ymaslikka qarshi chiqdi. Bunday bolalarning til bilmasligida aybi yo‘qligini, ularga moslashishga davlat yordam berishi kerakligini ta’kidladi. «Qanday qilib bolani maktabga qo’ymaslik mumkin? U qayerda bo’lishi kerak? Til bilmasligi uning aybi emas», – deydi Minnixanov. Uning so‘zlariga ko‘ra,...

Yotoqxonadagi janjal mushtlashuvga aylandi: ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Sankt-Peterburg politsiyasi Vasilevskiy orolidagi yotoqxonada muhojirlar o‘rtasidagi katta mushtlashuvdan so‘ng ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Voqea 21-avgust kuni kechqurun Bolshoy prospektida sodir bo‘lgan. Zinapoya yo‘lagida bo‘lgan mushtlashuvda 35 ga yaqin kishi qatnashgan, ularning aksariyati migrant. Politsiyaga ko‘ra, hammasi qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan boshlangan. Boshlangan janjalga boshqa qo‘shnilar ham qo’shilgan....

So‘roq, xo‘rlash va deportatsiyalar: «Jukovskiy» migrantlar qopqoniga aylandi

O‘nlab tojikistonlik muhojirlar Moskva yaqinidagi “Jukovskiy” aeroportida bir haftadan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilganini xabar qilgan. Ular “Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosiga jo‘natgan videoda temir karavotlar, beton pol, tez pishadigan makaron paketlariga to‘lib toshgan qamoqxonaga o‘xshash xona ko‘rsatilgan. — Bu yerda bo‘lganimga 10 kun bo‘ldi. Bizga kuniga bir marta tez pishadigan...

AQSh Davlat departamenti 55 million xorijlikning vizasini bekor qilishi mumkin

AQSh Davlat departamenti amaldagi AQSh vizasiga ega 55 milliondan ortiq xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlarini tekshiradi, deya xabar beradi AP departamentga tayanib. Davlat departamentining bildirishicha, barcha viza egalari hujjatning amal qilish muddati tugashi, jinoiy faoliyat, jamoat xavfsizligiga tahdid, har qanday turdagi terrorchilik faoliyatida ishtirok...

Sverdlovsk viloyati migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlamoqchi

Sverdlovsk viloyatida qabul qilinadigan yangi qoidalar bo‘yicha migrantlarga taksi haydovchisi yoki xavfli yuklarni tashuvchi haydovchi sifatida ishlashga ruxsat berilmaydi. Rossiya Mehnat vazirligi qaror loyihasini ishlab chiqqan loyihada xorijliklarning turli sohalarda ishlashiga taqiqlar belgilangan. Uralda muhojirlarga yadroviy qurilmalar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, kemalar, poezdlar, harbiy mashinalar va samolyotlar ishlab chiqaradigan zavodlarda ham...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya