O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar ochilmoqda

O‘zbekistonning “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar 2025-yilning 19-iyulidan, Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha esa 2025-yilning 20-iyulidan boshlab har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga ikkitadan reyslar amalga oshiriladi. Qayd etilishicha, Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha parvozlar Tojikiston va Oʻzbekiston...








