Author Archive

Migrant qayerda yashaydi? – Novosibirskda aholi migrantlarga qarshi

Novosibirskning Oktyabr tumani aholisi muhojirlarning 40 Let Oktyabrya ko‘chasidagi yotoqxonaga joylashtirilganidan noroziligini bildirdi. Binoni xorijlik mutaxassislar uchun yotoqxonaga aylantirgan bino egasi muhojirlarni ko‘chirishni talab qilayotgan mahalliy aholining salbiy munosabatiga duch keldi. Qurilishda ishlash uchun kelgan muhojirlarning aksariyati Tojikiston va O‘zbekistondan ekan. Bo‘sh turgan yotoqxonaga shu mintaqa uchun foydali inshoot...

Millatchi va migrantofoblar yolg‘on ma’lumot tarqatgani aniqlandi

Moskva oblastining Podolsk shahridagi Talalixin nomidagi bog‘da millatchilik ustida nizo tufayli urush bo‘lgani haqida mahalliy guruhlarda video tarqaldi. Mazkur videoni millatchi, ultra o‘ng va migrantofob guruhlar muhojirlar uyushtirgan navbatdagi ommaviy urush deya tarqata boshladi. Biroq politsiyaning ma’lum qilishicha, nizo 17 va 18 yosh ikki maktab o‘quvchisi o‘rtasida kelib chiqqan....

Vladimir Putin migrantlarga va’da berdi

⚡️Vladimir Putin mamlakat hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasida munosib sharoit yaratish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solishiga va’da berdi. Bu haqda bugun, 27-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlarida ma’lum qilindi. “Rossiyada milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yashab, mehnat qilmoqda. Biz ular Rossiya iqtisodiyotini, ayniqsa, qurilish, uy-joy kommunal...

Migrant “quyonlar”ga “ov” boshlandi

Internetdagi tarmoqlarda jamoat transportida yurgani uchun bilet narxini to‘lamagan muhojirlarni yo‘l haqini to‘lashga majburlayotgan rossiyaliklar videosi ko‘paya boshladi. Faollar muhojirlar avtobus yoki trolleybuslarda yo‘l haqini to‘lamasliklari, bu bilan jamoat tartibini buzishayotganidan norozi bo‘lishmoqda. Haqiqatan ham, noma’lum sabablarga ko‘ra muhojirlar orasida jamoat transportiga chiqqanda validatorga karta qo‘ymaslik, ya’ni bu bilan...

Novorossiyskda ikki muhojir 20 yilga qamalishi mumkin

Novorossiyskda politsiya ikki muhojirni qo‘lga oldi. Chet elliklar metadonning bir partiyasini “zakladka” orqali sotishga urinayotgan vaqtda ushlangan. Ulardan jami 17 dona o‘ram olib qo‘yilgani xabar qilinmoqda. Ichki ishlar vazirligining oblast bo‘yicha bosh boshqarmasining aniqlik kiritishicha, sudlanuvchilar 31 va 27 yoshda. Ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlangan....

«O‘zbekiston bizning strategik hamkorimiz, ishonchli ittifoqchimiz!»

Putinning O’zbekistonga amaliy tashrifi mobaynida muzokaralar kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda. «O‘zbekiston bizning strategik hamkorimiz, ishonchli ittifoqchimiz. Tenglik, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida yaqin do‘stona munosabatlarimiz yuksalib, jadal rivojlanmoqda», dedi u. Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida qo‘shma loyihalarning umumiy bahosi 45 milliard dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Shuningdek,...

Politsiya Surgut masjidida reyd o‘tkazdi

Xanti-Mansi avtonom okrugi Ichki ishlar vazirligi: Surgut masjidiga qilingan reyddan keyin 140 nafar xorijlik politsiyaga olib ketildi. Politsiya xodimlari, FSBning Tyumen viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Rossiya Milliy gvardiyasi Surgut masjidida reyd o‘tkazdi, deb xabar beradi IIVning Xanti-Mansi avtonom okrugi matbuot xizmati telegram-kanalida. Tekshiruv natijasida xavfsizlik kuchlari tomonidan migratsiya qonunchiligining...

Peskov: «Rossiyada mobilizatsiyaga hojat yo’q!»

Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Financial Times gazetasining 2024-yil oxiri yoki 2025-yil boshida Rossiyada yangi safarbarlik zarurati haqidagi savoliga shunday izoh berdi. «Financial Times haqiqiy holatni tushunishi dargumon, faqat shuni aytish mumkinki, biz shartnoma ko’ngillilarini juda faol jalb qilmoqdamiz va bu kunlik asosda amalga oshirilmoqda. Prezident esa, harbiylarning...

⚡️ Kotelnikidagi reydda muhojirlar masjiddan harbiy xizmatga olib ketilgan

Kecha tushdan keyin politsiya va Lyubertsi harbiy xizmat ko‘rsatish boshqarmasi vakillari reyd o‘tkazdi. Xavfsizlik kuchlari 2-Pokrovskiy proezddagi turar-joy binosiga tutashgan masjidda juma namozi vaqtida reyd oʻtkazgan. Yoshidan qat’i nazar, barcha erkaklar binodan olib chiqilgan. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Oktyabr prospektidagi armiyaga chaqirilishi mumkin bo‘lgan harbiy xizmatchilarning 5 ta avtobusi...

Istra sudi Muzaffarxon Mirtozayevni tergov izolyatoriga jo‘natdi

Moskva viloyatida OZON pudratchisining 8 nafar xodimi halok bo‘lgan yong‘in ortidan “yotoqxona” ijarachisi hibsga olindi. SHOTning yozishicha, Istra sudi o‘zbekistonlik Muzaffarxon Mirtozayevni 23-iyulga qadar tergov izolyatoriga jo‘natdi. Sud majlisidan oldin sudlanuvchining advokati Aksyonov SHOT muxbiri bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va ikki marta uning qo‘lidan telefonni olishgan uringan. Himoya pozitsiyasi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya