Author Archive

Yollanma askarlik uchun qattiq jazo belgilangan

Rossiyaning Buryatiya Respublikasidagi Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida O‘zbekiston fuqarosi Maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etish istagini va Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzish niyatini bildirgan. Bu haqida Buryatiya bo‘yicha inson huquqlari ombudsmeni Yuliya Jambalova xabar bergan. Inson huquqlari ombudsmeni Buryatiyadagi xorijliklarni saqlash markaziga «Turon» nomli o‘zbeklar diasporasi rahbari bilan...

Koreyada talonchilik qilgan o‘zbekistonlik muhojir hibsga olindi

Mahalliy manbalarning yozishicha, 20-fevral kuni Kyongnamdagi Changnyeong politsiya bo‘limi o‘g‘irlik sodir etishda gumonlangan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Gumondor A. 15-fevral kuni soat 21:00 atrofida Changnyeong-gun shahridagi uyga bostirib kirib, taxminan 70 yoshlardagi fuqaroni qurol bilan qo‘rqitib, 3 million von pulini o‘margan. U bu jinoyatni amalga oshirish uchun...

Muhojirlar uchun elektron kartalar: nima o‘zgaradi?

Yaqin orada Moskva shahrida Rossiyadagi chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun shaxsni tasdiqlovchi elektron kartalar berilishi boshlanadi. Bu haqida Moskva merining qarori chiqqan. Hozircha qarorda aytilayotgan yangi elektron kartalar migrantlarga ikki yildan buyon berilayotgan “yashil” kartalardan nimasi bilan farq qilishi tushunarli emas. Lekin shunga qaramay, qarorni o‘rganib, elektron...

Olmaliqda tom qulashi oqibatida hindistonlik ishchilar halok bo‘ldi

O’zbekistonda davom etayotgan sovuq ob-havo, ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash korxonasida vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulab tushgan. Tom qulashi natijasida korxonada mehnat qilayotgan uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari sababli shifoxonaga joylashtirilgan. Ularga...

Ona qo‘lga tushdi, jabrini bolalar tortmoqda…

O‘zbekistonlik ayol giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda. Rossiyaning Moskva viloyatida ishlab yurgan, asli qashqadaryolik ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, 4 oy oldin Qozon shahrida qo‘lga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozircha ma’lum emas. Ikki qizi bilan Qozon shahrida yashagan ayol ushlangach, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanishlari O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, qizlarning bobosi...

Rossiyada ta’lim hujjatlarining turlarini bilasizmi?

Rossiyadagi ta’lim uch turga bo‘linadi: Umumiy ta’lim – maktabgacha va maktabdagi ta’lim. Unga kiradigan darajalar: Maktabgacha ta’lim – bolalar bog‘chasi, Boshlang‘ich umumiy ta’lim – 4 sinf o‘qilib, olingan ta’lim, SSSR vaqtida 3 sinfgacha bo‘lgan ta’lim boshlang‘ich deyilgan. Asosiy umumiy ta’lim, deb 9 sinf o‘qilgan bo‘lsa aytiladi. SSSR vaqtida 8...

Mushtlashuvlardan uzoq yuring: aybsiz aybdor bo‘lib qolmang!

Ommaviy urushda jami 20ga yaqin migrant ishtirok etgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari jarohatlangan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini topishgan va unga Rossiyada bo‘lish qoidasini buzgani uchun ma’muriy bayonnoma tuzishgan. Shuningdek, 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham ommaviy mushtlashuv tufayli javobgarlikka tortilgan. Unga bezorilik bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va tergov...

Maoshini ololmagan muhojirlar cherkovga murojaat qilishdi, biroq…

Ish haqi berilmasa qanday yo‘l tutish kerak? Tyumen shahrida 20 dan ortiq tojikistonlik muhojirlar oylik ololmagani uchun shahardagi cherkov ruhoniysidan yordam so‘rashgan. Ruhoniy pul to‘lanmasligi nasroniylik dinida gunoh ekanini aytib, migrantlarga yordam berishni xohlagan. Lekin ish beruvchi ruhoniyning ham telefonini ko‘tarmagan. Tojikistonlik migrantlar mehnat shartnomasisiz ishlab kelishayotgan bo‘lgan va...

Chegagara chiqmay patentni uzaytirish

Patent bilan ishlab kelayotgan mehnat muhojirlari bir yildan so‘ng patentni uzaytirish uchun chegaraga borishlari shart emas. Qonunchilikda patentni keyingi yillarga ham chegaraga chiqmay uzaytirish tartibi mavjud. Mazkur materialda chegaraga chiqmay patentni uzaytirish haqida ma’lumot beramiz. Mehnat muhojirlari patentni keyingi yilga uzaytirish uchun chegaraga chiqib kelishi shart emas. Mehnat patentini...

Adaptatsiya, integratsiya, assimilyatsiya nimaligini bilasizmi?

Migratsiya haqida gap ketganida, ko‘pincha adaptatsiya, integratsiya, assimilyasiya kabi atamalar qo‘llaniladi. Ushbu atamalar nimani anglatishini bilib olishni taklif qilamiz. Adaptatsiya – bu bir shaxsning yoki bir guruh insonlarning yangi hayot, ish yoki o‘qishdagi sharoitlarga moslashish jarayoni. Masalan, boshqa davlatga kelgan muhojirlar yangi madaniyat, til va qonunlarga moslashishi kerak. Integratsiya...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya