Author Archive

Piterda o‘smirlarga tanbeh bergan farrosh pichoqlandi

9-iyun kuni kechasi Piterning Buxarest ko‘chasidagi uyning 12-qavatdan pastga axlat tashlayotgan o‘smirlarga farrosh tanbeh bergan. Tanbehni ko‘tarolmagan o‘smirlar farroshni pichoqlab qo‘ygan. O‘smirlar yo‘lda yana bir kishiga ham tashlanishdi, biroq jiddiy jarohat yetkazisha olmadi. Pichoqlangan farrosh – 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada...

Migrantlar haqida nima deyishmoqda?

O‘tgan hafta rossiyalik siyosiy va boshqa shaxslarning migratsiya mavzusidagi fikrlariga boy bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko jurnalistlarning savoliga javob berayotib, Rossiya hech qachon muhojirlar uchun yopiq davlat bo‘lmasligini ta’kidladi. “Rossiya hech qachon xorijdan kelgan ishchi kuchiga yopiq davlat bo‘lmaydi, biz bu yo‘ldan bormaymiz. Bu boshi berk yo‘l....

Qozon aeroporti xavfsizlik nuqtai nazaridan yopildi

Rosaviatsia xabariga ko’ra, soat 08:02 dan Qozon aeroporti vaqtincha reyslarni qabul qilmayapti yoki jo’natmayapti. Oxirgi haftalarda dron hujumlari xavfi tufayli aeroport muntazam ravishda yopilmoqda. Odatda cheklovlar bir necha soatdan keyin olib tashlanadi. “Havo kemalari ekipajlari, havo harakatini dispetcherlari va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda...

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning avtomobili yonib ketdi

Kecha Qozog‘iston Respublikasida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketgani O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi telegramm kanalida xabar qilindi. “Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyati, Makat tumani hududidan o‘tuvchi “Atirau-Aktobe” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan...

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarini ma’lum qildi

Xorijga noqonuniy ishga yuborish holatlari ko‘payib borarkan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari borasida eslatma bilan chiqdi. “Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi”, – deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida. Xabarda shuningdek, xorijga ishga yuborish borasida litsenziyaga ega bandlik agentliklari ro‘yxati ham...

“Registratsiya”ni uzaytirish qoidalariga kichik o‘zgarish kiritildi

23-iyundan boshlab, xorijliklarning Rossiyadagi migratsion qaydlarini uzaytirish yoki qisqartirish tartibida kichik o‘zgarishlar kiritiladi. Bu o‘zgarishlarga ko‘ra, xorij fuqarosining Rossiyada qolishi uchun migratsion qaydni uzaytirishga ariza nafaqat MVDning migratsiya bo‘limlariga, balki Moskvadagi Migratsiya markazi (Saxarovo) yoki Pasport viza markazlari (PVS) orqali topshirilishi ham mumkin. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak “registratsiyani” uzaytirish...

O‘rmonlarda ehtiyot choralari ko‘rilmoqda

Moskva viloyati o‘rmonlarida odamlarning to‘planishini aniqlaydigan tizim ishga tushdi. Endi agar olov yoqish mumkin bo‘lmagan o‘rmon hududlarida bir nechta odam to‘planadigan bo‘lsa u yerga o‘rmon qo‘riqchilari (лесная охрана) keladi. Ma’lum qilinishicha, ishga tushirilgan yangi tizim mobil telefonlar bergan signal bo‘yicha kuzatuvlarni amalga oshiradi. Ayni vaqtda Rossiyada iliq kunlar boshlanib,...

❓Patent puli noto‘g‘ri to‘langan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Agar siz patent uchun to’lov noto’g’ri ma’lumotlar bo‘yicha o‘tkazilganini bilib qolasangiz, quyidagi amallarni bajarishingiz kerak: Patentning amal qilish muddatini tekshirish: Birinchi navbatda patentning amal qilish muddati qachon tugashini tekshiring. Agar uning muddati tez orada tugasa, patentni bekor qilmaslik uchun darhol to’g’ri ma’lumotlardan foydalangan holda yangi to’lovni amalga oshirish yaxshiroqdir....

“Wildberries” omborida tomdan qulagan ishchi vafot etdi

“Shot” telegram kanalining ma’lum qilishicha, himoya vositalarisiz tomni tuzatayotgan ishchi pastga yiqilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ishchining hayotini saqlab qola olmagan. Fojia tufayli “Wildberries” ombori 6 soat ishlamagani aytilmoqda. Omborda maxsus komissiya tuzilib, voqea tafsilotlarini o‘rganib, tekshiruv o‘tkazmoqda. Halok bo‘lgan ishchining shaxsi haqida ma’lumot berilmagan. Avvalroq Yekaterinburgdagi “Wildberries”...

Nevskiyda fojia: ota-onaning beg‘amligi sabab bolani mashina urib yubordi

Nevskiy tumanida rolikli konkida uchayotgan besh yoshli bola kutilmaganda yo‘l qismiga chiqib ketdi va uni mashina urib yubordi. Voqea Belishev ko‘chasidagi 8-uy yaqinida, bolant nazoratsiz qoldirgan ota-onaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola ota-onasining yonida rolikda uchayotgan va to‘satdan piyodalar o‘tish joyidan katta yo‘lga tushib ketgan. O‘sha...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya