Мақола

114 30/03/2024

Rubtsovsk shahar sudi Rubtsovsk shahrida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

Tergov organlari tomonidan 2024-yil 24-mart kuni Rubtsovsk shahridagi do‘konlardan birida Krokus Siti xoll binosida sodir etilgan terrorchilik harakatini oqlab, gapirgan shaxs A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

1993-yilda tug‘ilgan ayblanuvchi 2024-yil 27-martda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalari bilan hibsga olingan, 2024-yil 28-martda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

Sud Rossiya Federatsiyasining jamoat xavfsizligiga qarshi o’rtacha og’irlikdagi jinoyat sodir etishda ayblovni, ayblanuvchining shaxsini – xorijiy davlat fuqarosi, doimiy yashash joyi va Rossiya Federatsiyasi hududida ro’yxatdan o’tganligini hisobga olgan holda, qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmagan A.ga nisbatan 2024-yil 26-mayga qadar ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.

Qaror hali qonuniy kuchga kirmagan.

⚠️ O‘zbekistonlik muhojirlarga hozirgi bo‘lib turgan holatda Rossiya davlati va siyosatiga tegishli har xil gaplarni so‘zlamaslikni tavsiya qilamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация