
Samarqand viloyati Toyloq tumani sudi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari tarkibida Rossiya–Ukraina uruşida iştirok etgan Özbekiston fuqarosiga nisbatan hukm çiqardi. Sud hujjatiga köra, 37 yoşli Tohirjon (ismi özgartirilgan) boşqa davlat armiyasida yollanma askarlik böyiça jinoyatlarni sodir etgan deb topildi.
Tohirjon 2007-yildan Rossiyaga borib işlab kelgan. U Moskva va Sankt-Peterburgda xususiy firmalarda sotuvçi, yuk taşuvçi va boşqa işlarda işlagan.
2022-yil yanvar oyida u yana Rossiyaga — bu safar Sankt-Peterburgga işlaş va qöşimça daromad topiş maqsadida borgan. U yerda ustaçilik işlari bilan şuğullangan.
Biroq 2023-yilda uning hayoti keskin özgardi. U bilan işqiy munosabatlarda bölib yurgan rus ayoli uning ustidan politsiyaga arz qilgan. U özining aybsizligini isbotlaş uçun öz oyoği bilan politsiya mahkamasiga borgan. Biroq Sankt-Peterburg sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2025-yil yanvar oyida jazoni ötaş uçun Tomskdagi IK-3 muassasasiga yuborilgan.
Aldov bilan uruşga jönatildi
Sudda Tohirjonning bildirişiça, uning Rossiya armiyasiga qöşilişiga asosiy sabab — jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaş imkoniyati haqidagi vaʼda bölgan.
Uning sözlariga köra, 2025-yil dekabr oyida IK-3 muassasasida mahbuslarga Özbekistondan xat kelgani va jazoning qolgan qismini öz mamlakatida ötaş mumkinligi haqida gap-sözlar tarqalgan. Şu vaqtda ayrim mahbuslarga turli hujjatlar imzolatilgan.
Ayblanuvçining körsatuviga köra, mahbuslardan biriga ozodlikka çiqişiga bir hafta qolganda Özbekistonga jönatilişi aytilgan va unga bir neçta hujjat imzolatilgan. Keyinçalik bu hujjatlar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy xizmat şartnomasi ekani maʼlum bölgan. Endi ozodlikka çiqay degan özbekistonlik uruş girdobiga – Donetskka olib ketilgan.
Tohirjon ham xuddi şu yöl bilan imzo qöyganini aytadi. Uning taʼkidlaşiça, unga ham jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaş imkoniyati berilgani sababli hujjatlarga imzo qöygani tuşuntirilgan. Keyinçalik bu Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy xizmat şartnomasi ekanini bilgan.
Uruş
Şundan keyin Nazarov va Markaziy Osiyodan bölgan boşqa mahbuslar Rossiyaning turli hududlari orqali Donetsk viloyatidagi harbiy poligonga olib borilgan.
U yerda taxminan ikki hafta davomida quroldan foydalaniş, öq otiş, granata uloqtiriş, birinçi yordam körsatiş va boşqa harbiy tayyorgarlikdan ötgan. 2025-yil 28-dekabrda ular Donetsk viloyatidagi bir şaharçaga olib borilgan.
2026-yil yanvar oyi boşida guruhga jang harakatlari olib borilayotgan hududga boriş böyiça topşiriq berilgan.
Jarohat va qoçişga uriniş
Tohirjon sudda jang hududiga borişdan qörqqanini va Özbekistonga qaytişga qaror qilganini aytgan. Uning sözlariga köra, qoçişga uringan harbiy xizmatçilar otib öldirilganini körgan bölsa ham, qaytişga qaror qilgan.
2026-yil 9-yanvarda u orqaga qaytayotganda mina portlaşi oqibatida ikki oyoği va öng qölidan oğir jarohat olgan. Keyin bir neçta harbiy gospitalda davolangan.
Nazarov keyinçalik Özbekistonning Moskvadagi elçixonasiga murojaat qilgan va Rossiyadan çiqib ketiş yöllarini izlagan.
Özbekistonga qaytiş
2026-yil may oyida uni yana Donetsk viloyatiga jönatişmoqçi bölişgan. Şundan söng Tohirjon Moskvaga ketib, Qozoğiston orqali Özbekistonga qaytişga uringan.
U 8-may kuni Özbekistonga kirib kelgan. 11-may kuni esa öz xohişi bilan Toyloq tuman IIBga borib, boşidan ötkazgan voqealar haqida maʼlumot bergan.
Sud yigitning aybini tan olgani, qilmişidan puşaymonligi, avval sudlanmagani, oilaviy şaroiti va yaşaş joyidan ijobiy tavsiflanganini inobatga olgan. Şu bilan birga, sud uning qilmişini moddiy va şaxsiy manfaatlar bilan boğliq deb baholagan.
2026-yil 21-avgustdagi hukm bilan unga 4 yil ozodlikni çeklaş va 2 yil axloq tuzatiş işlari tayinlangan. Jazolar qisman qöşilib, yakuniy jazo 4 yil 4 oy ozodlikni çeklaş etib belgilangan. U jazoni Toyloq tumanidagi yaşaş xonadonida ötaydi va Samarqand viloyati hududidan çiqişi çeklangan.