Maqola

647 04/02/2025

1 iyuldan boshlab ayrim chegara o‘tish joylarida migrantlarga xorij fuqarosi haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan raqamli profil kartalari beriladi.
Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Gorovoy “Комсомольская правда” radiosi efirida xabar berdi.

Unda barmoq izlari, roʻyxatdan oʻtilgan joy, patentlar, mehnat shartnomalari muddati, imtihondan oʻtish, tibbiy ko‘rikdan oʻtish va hokazolar bo‘ladi, – degan Gorovoy.

Uning soʻzlariga koʻra, agar 2026-yilda hukumat barcha chegara oʻtkazish punktlarida kunlik ish rejimini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmoqchi boʻlsa, unda tegishli chora-tadbirlar butun mamlakat hududini qamrab olish uchun kengaytiriladi.

Bundan tashqari, Gorovoy chet elliklarning shaxsiy ma’lumotlarini aks ettiruvchi noqonuniy migrantlar reestrining ishi haqida gapirdi. Reyestr kuniga to’rt marta yangilanishi rejalashtirilgan.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya