Maqola

455 27/05/2025

Qonunchilik faoliyati boʻyicha hukumat komissiyasi Rossiya Federatsiyasiga kvota boʻyicha kelgan mehnat muhojirlarini rus tili imtihonidan ozod qiluvchi tuzatishlarni maʼqulladi, deb xabar bergan TASS.

“Xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonunning 15 va 18-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi Taʼlim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjat hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida ishlash uchun ruxsatnoma olgan migrantlarni imtihon topshirishdan ozod qiladi. Rus tili imtihonidan tashqari, ularning tarix va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha bilimlari ham tekshirilmaydi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hukumat mehnat muhojirlari uchun 2025-yilda 234 958 ta ruxsatnoma kvotasi belgilagan.

2014-yildan boshlab ishlash uchun ruxsatnoma (патент), yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) va Rossiya fuqaroligini olishni istagan chet elliklar rus tili, qonunchilik asoslari va mamlakat tarixidan imtihon topshirishlari shart.

Shu yilning aprel oyidan Rossiyada ham migrant bolalarni maktablarga qabul qilishning yangi qoidalari kuchga kirdi. Endi ular rus tilidan imtihon topshirishlari kerak, aks holda maktabga qabul qilinmaydi.

14-may kuni Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ushbu imtihonning birinchi natijalarini sarhisob qildi. Unga ko‘ra, test sinovlariga yoziladigan 1762 nafar bolaning 81 foiziga hujjatlarini qabul qilish rad etilgan. Imtihonga jami 335 nafar ishtirokchi qabul qilingan bo‘lib, ulardan atigi 44 nafari imtihon topshirish uchun kelgan va faqat 27 nafari topshiriqni bajargan.

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya