Maqola

149 04/08/2024

2-avgust kuni, OAV va Telegram kanallarida endi Rossiyada Google, iOS va Android xizmatlari bloklanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu mish-mishlarga «ЛДПР» deputati Aleksey Didenkoning so’zlari sabab bo’ldi. Xususan, deputat parlament a’zolariga va davlat amaldorlariga allaqachon ushbu platformalardan foydalanish taqiqlanganligini gapirgan edi.

Bunday yangilik rusiyzabon internetda norozilik to’lqinini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan turli amaldorlar bu xabarni rad etib chiqa boshladi. Masalan, Didenkoning so’zlariga Davlat Dumasining axborot siyosati, texnologiyalari va aloqa qo’mitasi raisining o’rinbosari Oleg Matveychev munosabat bildirgan.

Matveychevning so’zlariga ko’ra, hozirda Rossiyada Google, Android va iOS-ni bloklash muhokama qilingani yo’q, deputat Didenkoning bu haqidagi so’zlari esa haypdan boshqa narsa emas.

Katta hamkasblaridan tanqidlardan so’ng, Didenkoning o’zi ham o’z so’zlarini rad etib chiqdi. Aleksey Didenko Rossiyada Google, Android va iOS operatsion tizimlarining to’liq bloklanishi haqidagi ma’lumotni rad etib, uning so’zlari kontekstdan yulib olinganini ta’kidlagan.

“Men shunchaki taxmin qilgandim. Agar vaziyat shunday davom etaversa, YouTubedan tashqari Googlening boshqa mahsulotlariga ham sanksiyalar qo’llanilishi mumkinligini – jumladan operatsion tizimlarga ham chora ko’rilishi mumkinligini aytgandim. Bu hech qanaqasiga bashorat yoki siyosatchilarning biron-bir rejasini oshkor qilish emasdi, shunchaki shaxsiy fikrim edi. Axir men hatto IT qo’mitasi a’zosi ham emasman. Men shunchaki o’z shaxsiy fikrimni bildirdim, xolos”, deydi deputat “Parlamentskaya gazeta”ga bergan intervyusida.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya