Maqola

1 328 03/12/2025

Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (РВП) olishning yangi qoidalari joriy etilmoqda. 2-dekabr kuni e’lon qilingan prezident farmoniga ko’ra, ayrim toifadagi chet elliklar soddalashtirilgan tartibda – rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligidan imtihon topshirmasdan РВП olishlari mumkin.

Ushbu soddalashtirilgan tartibdan quyidagi chet elliklar foydalanishi mumkin:
– fan, sport, ishlab chiqarish, madaniyat, ta’lim yoki ijodiy san’at sohasida yutuqlarga erishgan;
– Rossiya iqtisodiyoti, jamiyati, mudofaasi yoki xavfsizligini rivojlantirishga hissa qo’shgan;
– mamlakatda talab yuqori bo’lgan professional ko’nikma va malakaga ega bo’lgan.

Ushbu chet elliklar va ularning oila a’zolari til imtihonidan o’tmasdan РВП’ga ariza berishlari mumkin. Ularga hukumat tomonidan odatda belgilanadigan yillik kvota ham taalluqli bo’lmaydi. Putin ilgari Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etganlarni ham o’z ichiga olgan ayrim toifadagi chet elliklar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun fuqarolik va yashash uchun ruxsatnoma olishning vaqtinchalik, soddalashtirilgan tartibi to’g’risidagi farmonni imzolagan edi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya