Maqola

252 29/06/2024

Moskva yaqinidagi Balashixadagi migrantlar yashagan yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida besh kishi halok bo‘ldi, uch kishi qutqarildi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.

“Keramicheskaya ko‘chasidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 3 kishi qutqarib olindi, ular reanimatsiyada, 10 kishi esa evakuatsiya qilindi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati yong‘in faktini tasdiqlab, yong‘in Keramicheskaya ko‘chasi, 16-uy manzilida sodir bo‘lganligini ma’lum qildi. Yong‘in maydoni 40 kvadrat metrni tashkil etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham besh kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Yong‘inni o‘chirishga 63 nafar mutaxassis va 23 dona texnika jalb etilgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan bino ikki qavatli, eski. Tezkor xizmatlar yotoqxonada yong‘in o‘chirish tizimi yo‘qligini ma’lum qildi. Bino 1949-yilda foydalanishga topshirilgan va 2016 yildayoqeskirish 63% ni tashkil etgan.

Yong‘inga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi avariya holati sabab bo‘lgan.

Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya